Nikita Igorevich Rafalovich (1993-yil 10-oktabrda tugʻilgan) — oʻzbek taekvondochisi (3-dan). O‘zbekiston Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi.

Nikita Igorevich Rafalovich
Никита Игоревич Рафалович

Nikita Rafalovich 2024-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 10-oktyabr 1993-yil (1993-10-10) (31 yosh)
ToshkentOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Taekvondo
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Kumush Chelyabinsk 2015 74kg gacha
Kumush Mudju 2017 74kg gacha
Osio chempionati
Bronza Toshkent 2014 74kg gacha
Kumush Manila 2016 74kg gacha
Oltin Xoshemin 2018 74kg gacha
Oltin Chxunchxon 2022 87kg gacha
Osio o‘yinlari
Kumush Incheon 2014 74kg gacha
Oltin Djakarta 2018 80kg gacha

Sport faoliyati

tahrir

Toshkent taekvondosi maktabi ta’limini olgan. 2009-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori sanaladi.

2014-yilgi Osiyo chempionati bronza medali[1] va 2015-yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori[2] .

Ochiq Avstraliya (1-o‘rin 2014-yil), Qatar (1-o‘rin, 2015-yil), Koreya (2-o‘rin, 2014-yil) kabi bir qancha xalqaro turnirlar g‘olibi va sovrindori.

Shuningdek, Nikita 2018-yilgi Osiyo o'yinlari g‘olibi hamdir[3].

U Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida birinchi bahsdayoq bo‘lajak bronza medali sovrindori tunislik Ussame Ueslatiga imkoniyatni boy berib qo‘yadi.

2022-yilda Koreya Respublikasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Nikita Rafalovich 87 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ladi. Finalda u iordaniyalik Faxed Sbeyxi ustidan g‘alaba qozonadi[4].

Unvon va mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir