Nikolay Andreevich
Nikolay Andreevich Arapov (1847-yil 20-iyul – 1883-yil 21-yanvar) — otliq polk polkovnigi.
Nikolay Andreevich Arapov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
20-iyul 1847-yil Penza (Nijnelomovskiy) |
Vafoti |
21-yanvar 1883-yil (37 yoshda) Parij |
Fuqaroligi | Rossiya |
Bolalari | 5 ta |
Biografiyasi
tahrir1847-yil 20-iyulda Penza viloyati, Nijnelomovskiy tumani, Andreevka qishlogʻida oʻrtacha oilada tugʻilgan[1]. U uyida ota-onasi qaramogʻida yaxshi tarbiya olgan. 1864-yil 16-martda otliq polkida kursant sifatida xizmatga kiradi. Oradan bir yil oʻtib yaʼni 1865-yil 20-iyulda kornetga, 1866-yilda esa leytenant unvoniga koʻtarildi. 1867-yil 14-apreldan – 1869-yil 31-iyulgacha u polk kvartal boʻlimi boshligʻi boʻlib xizmat qilgan.
1868-yilda shtab kapitanligiga, 1870-yilda esa kapitan lavozimiga koʻtariladi. Oʻsha yilning 30-oktyabrida u polk ta'mirchisining yordamchisi etib tayinlanadi. 1872-yil 14-yanvarda esa u ichkilikga berilib ketgani tufayli polkovnik unvoni hamda oʻz ishidan boʻshatiladi.
1883-yil 21-yanvarda Parijda surunkali pnevmoniyadan vafot etadi[2]. Пензе Spaso-Preobrazhenskiy monastiri qabristoniga dafn etiladi[3] .
Oilasi
tahrirAndrey Nikolaevich Arapovning ikkinchi oʻgʻli (1807-1874), Penza viloyatining Nijnelomovskiy va Narovchatskiy tumanlari zodagonlarining rahbari, general Ivan Andreevich Arapovning ukasi boʻlgan. Uchala aka-uka ham otliq qoʻshinda xizmat qilgan.
1866-yildan u fahriy xizmatkor Yelizaveta Petrovna Lanskaya (1848 – 1903), general-adyutant Pyotr Petrovich Lanskiy va Natalya Nikolaevnaning kenja qizi bilan turmush qurgan. Shuni taʼkidlash kerakki, aka-uka Arapovlarning xotinlari yaʼni Elizabet va Aleksandra Lanskiy toʻgʻishgan opa-singillar boʻlishgan.
Bolalari
- Yelizaveta (1873 – 1953) — 1892-yilda Penza viloyatining Nijnelomovskiy tumani zodagonlarining rahbari, keyinroq – amaldagi davlat maslahatchisi Viktor Dmitrievich Bibikovga uylangan. 1874-yildan u otasining oilaviy mulkida – Penza viloyati, Nijnelomovskiy tumani Andreevkada (hozirgi Andreevka qishlogʻi, Penza viloyati, Kamenskiy tumani, Golovinshchinskiy qishloq kengashi) yashagan. Inqilobdan keyin (1917) u RSFSRda, Penza viloyatida istiqomat qilib kelgan. Mol-mulki musodara qilinganidan keyin u oʻ yoqtirmagan ishlar bilan shugʻullangan. Yaʼni ingliz, nemis va fransuz tillaridan dars bergan. „Pushkin va uning avlodlari haqidagi xotiralarim“ nomli (1949-yilda yozilgan, 1995-yilda nashr etilgan) xotiralar muallifi. U Mitrofanovskoe qabristoniga dafn qilinadi[4].
- Natalya (1875 – 1970) — 1895-yildan – 1902-yilgacha, Nijniy Novgorod Dragun polkining leytenanti boʻlgan, Melikov bilan turmush qurgan[4].
- Mariya (A. Ofrosimov bilan turmush qurgan).
Manbalar
tahrir- ↑ А. И. Сухарев 2004.
- ↑ TsGIA SPb. f.19. op.123. d.39. S. 144.
- ↑ Kladbiщe ne soxranilos.
- ↑ 4,0 4,1 „Карпов В. «Девочки-сестры». История персонажа портрета из Пензенской картинной галереи“. 2016-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-avgust.
Adabiyotlar
tahrir- Otliq qoʻriqchilarning tarjimai hollari toʻplami. [1724-1899] : 100 yilligi munosabati bilan. Buyuk Hazrati imperator imperatorining otliq gvardiyasining yubileyi. Mariya Fedorovna polki / Comp. tomonidan tahrirlangan S. Panchulidzeva . – T. 4. – 1908. – B. 246.
- Мордовия: энциклопедия в двух томах.