Nikolay Lavrov

gaz va yonilgʻi sohasidagi sovet olimi, kimyogar, texnika fanlari doktori

Nikolay Vladimirovich Lavrov (1911-yil 17-dekabr, Rossiya imperiyasi, Samara1981-yil 21-aprel, SSSR) — gaz va yonilgʻi sohasidagi sovet olimi, kimyogar, texnika fanlari doktori (1950), Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademigi (1960)[1], KPSS aʼzosi (1942), SSSR gaz sanoati vazirligi ilmiy-texnika kengashi a'zosi, Butunittifoq Gaz ilmiy tekshirish instituti qoshidagi yonilgʻilarni qazib chiqarish seksiyasining raisi[2].

Nikolay Vladimirovich Lavrov
Nikolay Lavrov.jpg
Tavalludi 17-dekabr 1911-yil
Samara, Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi
Vafoti 21-aprel 1981-yil(1981-04-21)
(69 yoshda)
SSSR bayrogʻi SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi gaz va yonilgʻi
Taʼlimi Moskva Kimyo texnologiyasi instituti
Ilmiy darajasi Texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni Oʻzbekiston SSSR FA akademigi
Mashhur sovrinlari

SU Order of the Red Star ribbon.svg Order gpw2 rib.png

Order of the Red Star.svg Order of the Patriotic War (2nd class).svg

Tarjimayi holiTahrirlash

Nikolay Vladimirovich Lavrov 1911-yil 17-dekabr[3] kuni Samarada tavallud topgan. 1934-yili Dmitriy Mendeleyev nomidagi Moskva Kimyo texnologiyasi institutini bitiradi[3]. 1935—1936-yillari Moskva tunukasozlik zavodida gaz-generator stansiyasining katta muhandisi, 1939—1941-yillarda SSSR Fanlar akademiyasi Energetika institutida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1941—1945-yillari Ulugʻ Vatan urushida ishtirok etgan. Lavrov 1945—1948-yillari SSSR FA Energetika instituti hamda Yonilgʻi qazilamalari institutida katta ilmiy xodim, 1948—1949-yillari SSSR FA Prezdiumida ishlagan. 1949-yildda Lavrov Andrey Chernishyov bilan birgalikda Butunttifoq Yer osti gazlari ilmiy tekshirish institutini tashkli etishda tashabbus koʻrsatishgan[3]. 1949—1951-yillarda Butunttifoq Yer osti gazlari ilmiy tekshirish instituti (VNIIpodzemgaz) xodimi, 1951—1953-yillarda mazkur insitutning direktori, SSSR FA Yonilgʻi qazilmalar institutida (1953—1959-yillar) ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 1960—1964-yillari Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi texnika fanlari boʻlimining akademik-sekretari hamda Oʻzbekiston SSR FA Yonilgʻidan foydalanish instituti direktori[1], 1965-yildan Butunittifoq Gaz ilmiy tekshirish instituti (VNIIProzmgaz) da laboratoriya mudiri vazifasida faoliyat olib borgan[2]. Olim 1981-yil 21-aprelda 69-yoshida vafot etgan[3].

Ilmiy ishlariTahrirlash

Lavrov gazsimon yonilgʻilardan foydalanishga va yonilgʻilarning kimyoviy texnologiyasiga oid 300 ga yaqin ilmiy asar, shu jumladan 14 kitob va monografiya muallifidir[2].

MukofotlariTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. 1,0 1,1 T. Bogatova. „Yubileyi-2006“ (rus tilida). 1-yanvar 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-yanvar 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 OʻzSE 1975, s. 254
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Lavrov Nikolay Vladimirovich“ (rus tilida). 1-yanvar 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-yanvar 2023-yil.

AdabiyotlarTahrirlash

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, VI tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1975 — 640 bet.