Balashev Nikolay Nikolayevich (1902, Xabarovsk shahri- 1977.25.9, Toshkent) — agronom olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1962), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1952), professor (1952). Oʻrta Osiyo davlat universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetini bitirgan (1923). 1930 — 41 yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida dotsent, dekan, ayni paytda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi tajriba stansiyasida (1925 — 35), Oʻzbekiston sabzavotchilik, kartoshkachilik tajriba stansiyasida boʻlim boshligʻi (1935— 41; 1944 — 46). Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida sabzavotchilik kafedrasi mudiri (1946 — 77). Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyoda kartoshka va sabzavot ekinlari agrotexnikasi, urugʻchiligining amaliy va nazariy masalalariga bagʻishlangan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil