Nikolay Pak (Sotsialistik Mehnat Qahramoni)
Nikolay Pak (1928-yil 20-noyabr, Uzoq Sharq oʻlkasi, Vladivostok tumani, Spassk-Primorskiy – 1969-yil 13-sentyabr, Toshkent viloyati, O'zbekiston SSR) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanidagi Mikoyan nomidagi kolxoz aʼzosi[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).
Nikolay Pak | |
---|---|
Tavalludi |
20-noyabr 1928-yil Spassk-Primorskiy , Vladivostok tumani , Uzoq Sharq hududi |
Vafoti |
13-sentyabr 1969-yil (40 yoshda) Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirNikolay Pak 1928-yil 20-noyabrda Uzoq Sharq oʻlkasining Spassk-Primorskiy shahrida tugʻilgan[2]. 1937-yilda ota-onasi bilan birga O‘zbekiston SSRning Toshkent viloyatidagi maxsus aholi punktiga surgun qilingan. 1951-yildan Quyi Chirchiq tumanida joylashgan Mikoyan nomidagi kolxozda dala brigadasi aʼzosi boʻlib ishlagan.
1950-yilda Nikolay Pak brigadasi 7,5 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 89,3 sentnerdan yashil kanop poyasi yigʻib olgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan unga Lenin ordeni, „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan.
Nikolay Pak 1953-yildan Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida tahsil ola boshlagan. 1954-yildan Quyi Chirchiq tumanida joylashgan Stalin nomidagi kolxozning dala ekinlari boʻlimi aʼzosi boʻlgan. Nikolay Pak Xalq xoʻjaligi yutuqlari Butunittifoq koʻrgazmasida bir necha bor ishtirok etgan. Nikolay Pak 1950-yilda Mehnat Qizil Bayroq ordeniga loyiq koʻrilgan.
Nikolay Pak umrining soʻnggi yillarida Quyi Chirchiq tumanidagi Sverdlov nomidagi kolxozda ishlagan. U 1969-yil 13-sentyabrda vafot etgan va sobiq Sverdlov nomidagi kolxoz (hozirgi Oqqoʻrgʻon tumani) qabristoniga dafn etilgan.
Oilasi
tahrirOtasi – Park Mun Sim.
Ukasi – Park Gennadiy.
Mukofotlari
tahrir- Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni
- Ikki marta Lenin ordeni (1951, 1953)
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1950)
- „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali
Adabiyotlar
tahrir- Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
- З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
- Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
- Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
- Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999
Manbalar
tahrir- ↑ „Пак Николай - Герой Социалистического Труда“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
- ↑ „ГЕРОИ СОЦИАЛИСТИЧЕСКОГО ТРУДА“. www.library-koresaram.com. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.