Nikolay Polagushin
Nikolay Ivanovich Polagushin (1923–1999) – Sovet Armiyasi gvardiya polkovnigi, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945).
Nikolay Polagushin | |
---|---|
Tavalludi |
7-mart 1923-yil Toshkent |
Vafoti |
2-fevral 1999-yil Zelenograd |
Fuqaroligi | SSSR |
Qoʻshin turlari | aviatsiya |
Xizmatdagi yillari | 1941–1958 |
Biografiyasi
tahrirNikolay Polagushin 1923-yil 7-martda Toshkentda tavallud topgan. U oʻrta maktabni tamomlagan. Nikolay 1941-yil iyun oyida Qizil armiyaga chaqirilgan. 1942-yilda Chkalov nomidagi harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini tamomlagan. Oʻsha yilning sentyabr oyidan Ulugʻ Vatan urushi frontida xizmat qilgan. Jangda uch marta yaralangan[1].
Gvardiya kapitani Nikolay 1945-yil fevralga kelib 3-Belorussiya frontida 15-gvardiya hujum aviatsiya polkining eskadroniga qoʻmondonlik qilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 19-apreldagi farmoni bilan gvardiya kapitani Nikolay Polagushin Lenin ordeni, „Zolotaya Zvezda“ medali va Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.
Urush tugaganidan keyin Nikolay Ivanovich Sovet armiyasida xizmat qilishni davom ettirdi. 1949-yilda Oliy parvoz taktik kurslarini, 1955-yilda esa Harbiy havo kuchlari akademiyasini tamomlagan. Nikolay 1958-yilda polkovnik unvoni bilan zaxiraga oʻtkazildi[2].
Nikolay Ivanovich 1958-yilda Toshkentga qaytib, elektron asbob-uskunalar zavodiga mexanik boʻlib ishga kirdi. Zavod direktori Severyan Davidovich Papava uni vakant kadrlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinladi. Polagushin 1966-yil oktyabr oyida Zelenograddagi Molekulyar elektronika ilmiy-tadqiqot institutiga kadrlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga oʻtdi va u yerda nafaqaga chiqqunga qadar ishladi. U 1999-yil 2-fevralda vafot etdi va Moskvadagi Zelenogradskoye qabristoniga dafn qilindi.
Mukofotlari
tahrirShuningdek, Nikolay toʻrtta Qizil Bayroq, Aleksandr Nevskiy, 1 va 2-darajali Vatan urushi, Qizil Yulduz ordenlari va bir qator medallar bilan taqdirlangan.
Xotirasi
tahrirZelenograddagi koʻchaga Polagushin nomi berilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „КРАСНЫЕ СОКОЛЫ. СОВЕТСКИЕ ЛЁТЧИКИ 1936-1953“. Qaraldi: 2023-yil 9-noyabr.
- ↑ „Полагушин Николай Иванович“. Qaraldi: 2023-yil 9-noyabr.