Nikolay Nikolayevich Stasyuk (1956-yil 11-dekabr, Yekaterinovskaya, Krasnodar oʻlkasi, SSSR) — sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, darvozabon hamda rossiyalik murabbiy.

Nikolay Stasyuk
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nikolay Nikolayevich Stasyuk
Tavallud sanasi 11-dekabr 1956-yil (1956-12-11) (68 yosh)
Tavallud joyi Yekaterinovskaya, Krasnodar oʻlkasi, SSSR
Sovet IttifoqiSSSR,
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
RossiyaRossiya
Boʻyi 175 sm
Ampluasi darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979
1980—1981
1983—1991
1992
1993
1994
1996
Sovet Ittifoqi Коlos(Оktabrskiy)
Sovet Ittifoqi Mashuk
Sovet IttifoqiNeftchi (Fargʻona)
OʻzbekistonNeftchi
RossiyaКоlos(Кrasnodar)
RossiyaКоlos (Паvlovskaya)
RossiyaRassvet (Тroitskoye)
(JTJ
25 (−?)
269 (−?)
24 (−7)
25 (−30)
JTJ
JTJ)
Boshqargan klublari
2000
2002
2004
2006
2011—2013
2013—2015
RossiyaDinamo(Poltavskaya)
RossiyaRus (Коrenovsk)
RossiyaChernomorets
RossiyaSochi-04
RossiyaSlavyanskiy
RossiyaVityaz (Кrimsk)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

1979-yilda Oktabrskiy qishlogʻining „Kolos“ jamoasi safida oʻynagan. 1980-yildan 1981-yilgacha „Mashuk“ (Pyatigorsk) jamoasi sharafini himoya qilgan. SSSR Ikkinchi ligasining 2-mavsumida 25 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1983-1992-yillar davomida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi safida toʻp surgan. „Neftchi“ tarkibida SSSR chempionati ikkinchi va birinchi ligasida 269 ta, shuningdek, Oʻzbekiston oliy ligasida 24 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol oʻtkazib yuborgan. Fargʻonaliklar tarkibida 1983, 1987, 1988, 1989 va 1990-yilgi mavsumlarida 5 marta SSSR ikkinchi ligasi zonasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan. 1992-yilgi mavsumda ham 1 marta Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.

1993-yilda oʻzbek klublarini tark etib, Krasnodarning „Kolos“ jamoasi safiga oʻtgan[1]. 1993-yilgi mavsumda Rossiya Birinchi ligasining 25 oʻyinida maydonga tushib 30 ta gol oʻtkazib yuboradi. 1994 va 1996-yillarda havaskor jamoalar safida oʻynagan. Pavlovskaya qishlogʻining „Kolos“ jamoasi darvozasini himoya qilgan. Jamoa safida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol oʻtkazib yuborgan. Shundan soʻng Troitskiy qishlogʻining „Rassvet“ klubi tarkibiga qoʻshilib, 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 16 ta gol oʻtkazib yuborgan.

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Nikolay Stasyuk futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, murabbiylik bilan shugʻullana boshlagan. Stasyuk dastlab 2000-yilda Poltavskayaning „Dinamo“ klubini boshqargan. Oradan ikki yil oʻtib, 2002-yilda Korenovskning „Rus“ jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. 2004-yilda Novorossiyskning „Chernomorets“ va 2006-yilda Sochining „Sochi-04“ klublarida murabbiy boʻlib ishlagan. Slavyansk-na-Kubanning „Slavyanskiy“ jamoasini 2011-2013-yillarda boshqargan. 2013-2015-yillarda Krimskning „Vityaze“ klubida murabbiylik faoliyatini davom ettirgan.

Yutuqlari

tahrir

1  Oʻzbekiston chempioni: 1992-yil.

1  SSSR Ikkinchi ligasi zona gʻolibi: 1983, 1987, 1988, 1989, 1990-yillar.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir