Nikomax axloqi
"Nikomax axloqi", yoki "Nikomax etikasi" (yunoncha Ἠθικὰ Νικομάχεια) - Aristotelning axloqqa bag'ishlangan uchta kitobidan biri.[1]
Asl nomi | Ἠθικὰ Νικομάχεια |
---|---|
Muallif(lar) | Aristotel |
Til | Qadimgi yunoncha |
Janr(lar)i | Risola |
Kitobning "Nikomax axloqi" deb nomlanishiga sabab sifatida uning dastlab taxminan miloddan avvalgi 300-yilda Aristotelning o'g'li Nikomax tomonidan nashr qilinganligini ko'rsatishadi.[1] Mazkur asar Aristotel tomonidan o'g'li Nikomaxga, yoki faylasufning otasiga (uning ham ismi Nikomax boʻlgan) bag'ishlangan, deb ehtimol qilinadi.[1]
Tarkibi
tahrirBirinchi kitob
tahrirAristotel birinchi kitobni ezgulikni ta'riflashdan boshlaydi va uni "barcha intiluvchi narsa" deb ataydi. Ezguliklar orasidagi farqlarga (sog'liq, boylik yoki g'alaba) qaramasdan, oliy ezgulik turi mavjud bo'lib, uni Aristotel davlat ezguligi deb ataydi. Ezgulikning yakka holdagi ko'rinishi baxt (εὐδαιμονία) hisoblanadi va baxtni u ezgulikka to'lgan jonning faoliyati (ψυχῆς ἐνέργειά τις κατ᾽ ἀρετὴν τελείαν) deb ta'riflaydi. Davlat va alohida inson ezguligi bir-biri bilan bog'liq, zero baxt uchun "tashqi ezgulik" va muayyan darajada ezgulikka yo'naltirilgan tarbiya zarurdir.
Ikkinchi kitob
tahrirAristotel barcha fazilatlarni axloqiy (ἠθικῆς, etik, axloqiy) va mushohadaviy (διανοητική, dianoetik) turlarga bo'ladi. Fazilatlar tug'ma bo'lmay, balki tarbiya va ta'lim orqali o'zlashtiriladi. Davlatning vazifasi esa aynan o'sha fazilatlarni fuqarolarga singdirishdir. Fazilatlarning tabiati shundayki, Ortiqchalik ham, yetishmovchilik ham ularni yo'q bo'lishiga sabab bo'ladi. Qaysidir darajada ular hissiyotlarni jilovlashda o'z aksini topadi. Shunday qilib, har bir fazilat ikki qutblar orasidagi oltin o'rtaliklardan iborat bo'ladi.[2][3]
№ | Fazilatning yetishmovchiligi | Fazilat | Fazilatning ortiqchaligi |
---|---|---|---|
1 | Qo'rquv, qo'rqoqlik | Mardlik (ἀνδρεία) | Bema'ni qahramonlikka intilish |
2 | Hissizlik | Donishmandlik (σωφροσύνη, sofrosyune) | Buzuqilik, yengiltaklik (ἀκολασία) |
3 | Ziqnalik | Saxiylik (ἐλευθεριότητος) | Isrofgarchilik |
4 | Maydakashlik | Oliyjanoblik (μεγαλοπρεπεία) | O'ziga bino qo'yish |
5 | Zaiflik | Kamtarlik (μεγαλοψυχία) | Betgachoparlik |
6 | Tortinchoqlik | G'ururlilik (φιλότιμον) | Mansabparastlik |
7 | Beparvolik | Bosiqlik (πραότης) | Hasad |
8 | Riyokorlik | Samimiylik | Maqtanchoqlik |
9 | Anqovlik | Zukkolik (εὐτραπελία) | Masxarabozlik |
10 | Qora niyat | Do'stonalik | Foydakashlik |
Uchinchi kitob
tahrirUchinchi kitob fazilatlarning ixtiyoriy xususiyati muhokamasidan boshlanadi, zero faqatgina ixtiyoriy bajarilgan ishgina maqtovga sazovor bo'lishi mumkin. Shundan kelib chiqib, fazilat o'z ichiga ezgulikni tushunish, ezgulikni tanlash (προαίρεσις) va ezgilik qilishga ixtiyor etishni nazarda tutadi. Ko'rib chiqiladigan birinchi fazilat mardlik (ἀνδρεία) hisoblanib, u qo'rquv (φόβους) va ortiqcha manmanlik (θάῤῥη) orasidagi o'rtaliq (μεσότης) hisoblanadi.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ 1,0 1,1 1,2 Гусейнов А. А. . Никомахова этика // Новая философская энциклопедия / Ин-т философии РАН; Нац. обществ.-науч. фонд; Предс. научно-ред. совета В. С. Стёпин, заместители предс.: А. А. Гусейнов, Г. Ю. Семигин, уч. секр. А. П. Огурцов. — 2-е изд., испр. и допол. — М.: Мысль, 2010. — ISBN 978-5-244-01115-9.
- ↑ Ηθικά Νικομάχεια
- ↑ Ancient Greek Texts: Aristotle, Nicomachean Ethics