Nimo Yushij (taxallusi, asl ismi Ali Nuri Isfandiyoriy; 18951960) — eronlik shoir va tarjimon. Eronda "Yangi she'r" uslubining asoschilaridan biri.

Nimo Yushij
Tavalludi 12-noyabr 1895-yil
Vafoti 6-yanvar 1960-yil(1960-01-06)
(64 yoshda)
Tehron, Eron
Kasbi shoir, tarjimon
Ijod qilgan tillari Fors tili va Mazanderani
Fuqaroligi Qojarlar davlati va Pahlaviylar

Hayoti tahrir

Nimo Yushij Eronning Mozandaron viloyatidagi Yush qishlog'ida dunyoga kelgan. Bolaligi shu qishloqda o'tib, o'smirlik davrida ota - onasi bilan Tehron shahriga ko'chib keladi. Nimo boshlang'ich tahsilni tugatgach, fransuz tilini o'zlashtirish maqsadida 11 yoshida Tehrondagi "Sanlui" katolik oliy maktabiga o'qishga kiradi. Fransuz adabiyotini o'rganib dunyoqarashini kengaytiradi. U arab tilini ham yaxshigina o'zlashtirib oladi. O'smirligida an'anaviy uslubda she'rlar yozib hammaga iste'dodini namoyon etadi. U 1920 - yili 30 betdan iborat "Rangi o'chgan hikoya, sovuq qon" ("Qissaye rangparida, xuni sard") nomli ilk she'riy majmuasi bilan yangicha yo'nalishni boshlab beradi. Bu shoir nomini tillarda doston qiladi. Nimoning 1922 - yili nashr etilgan "Ertak" ("Afsona") nomli she'ri vazni, ifoda uslubi va so'zlarning qo'llanilishi jihatidan butunlay yangicha edi. U Eronda "Erkin she'r otasi" unvoniga sazovor bo'lgan.