Nimr an-Nimr
Nimr Bakir Amin an-Nimr – Saudiyada faoliyat yuritgan Shialik mazhabi imomi[2][3][4][1].
Nimr Bakir Amin an-Nimr | |
---|---|
arabcha: نمر باقر أمين النمر | |
Tavalludi |
21-iyun 1959-yil |
Vafoti |
2-yanvar 2016-yil (56 yoshda)[1]. Saudiya Arabistoni |
Fuqaroligi | Saudiya Arabistoni |
Veb-sayti | sknemer.com |
Biografiyasi
tahrirSaudiya Arabistonining sharqiy qismidagi Al-Qatif shahri yaqinidagi Al- Avamiya qishlogʻida Fors koʻrfazi qirgʻogʻida tugʻilgan[5].
U oʻz nutqlarida va maʼruzalarida Saudiya Arabistonidagi mazhablar boʻyicha kamsitish va shialarga nisbatan zulm haqida tez-tez gapirgan. Vaʼzgoʻy sifatida mamlakatdagi shia ozchiligi orasida, ayniqsa qirollikning Sharqiy viloyatida mashhur boʻldi. Nimr an-Nimrning Muhammad ismli ukasi bor edi. 2004 va 2006-yillarda qisqa muddatga hibsga olingan va 2008-yilda amerikalik diplomatlar bilan uchrashgan. Ular uning shialarga taʼsiri tez oʻsib borayotganini qayd etishgan va Nimr an-Nimrni qirollikdagi ikkinchi muhim shia arbobi deb atagan[6].
Qatl etilishi va xalqaro nizolar
tahrir2015-yil 25-oktyabrda Saudiya Arabistoni Oliy sudi shayxning apellyatsiya arizasini rad etdi va shu bilan uning qatl etilishiga imkon yaratdi. Qirol Salmon oʻlim hukmini tasdiqladi.
Uning rafiqasi Mona al-Jubeyr Nyu-Yorkdagi kasalxonada vafot etdi[7].
2016-yil 2-yanvarda Nimr an-Nimr qatl qilindi[8]. Saudiya hukumati an-Nimrni musulmonlar qabristoniga dafn qildi, jasad qarindoshlariga berilmadi[9].
Siyosatchilar va shia ruhoniylari qatlni qoraladilar[10]. Eron yetakchisi va oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiy: „Shahid Shayx Nimrning qatl etilishi Saudiya Arabistoni rahbariyatining siyosiy xatosi boʻldi. Ulamoning nohaq toʻkilgan qoni Saudiya Arabistoni rahbariyatining jazolanishiga olib keladi“[11].
An-Nimrning qatl etilgani e'lon qilinganidan keyin Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Livan va Eronda shia namoyishlari bo'lib o'tdi. Saudiya Arabistonida o'nlab shialar Al-Avomiyadan Al-Qatifgacha yurish uyushtirishdi. Rasmiylar mumkin bo'lgan tartibsizliklarni bostirish uchun Al-Qatifga qo'shin yubordi. Bahraynda politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida namoyishchilarni tarqatib yubordi[12].
Eronlik namoyishchilar Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga molotov kokteyli uloqtirib, bostirib kirishdi. 3-yanvarga o‘tar kechasi Eron politsiyasi namoyishchilarni elchixonadan chiqib ketishga majbur qildi[13].
4-yanvar kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi[14]. Saudiya Arabistonidan keyin Bahrayn[15], va Sudan[16] Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Birlashgan Arab Amirliklari oʻz elchisini chaqirib oldi va Eron bilan diplomatik munosabatlarni muvaqqat ishlar vakili darajasiga tushirganini eʼlon qildi[17]. 5-yanvar kuni Quvayt oʻz elchisini Erondan chaqirib oldi va mamlakat tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Xolid Sulaymon al-Jaralloh Eron elchisiga norozilik notasini topshirdi[18][19]. 6-yanvar kuni Jibuti Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi[20]. 7-yanvarda Somali Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi[21].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Кем был шиитский проповедник, казнь которого всколыхнула Ближний Восток Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "tvrain.ru" defined multiple times with different content - ↑ „Бахрейн разорвал дипломатические отношения с Ираном“. Meduza (2016-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 4-yanvar.
- ↑ Saudi Arabia executes 47 people in one day including Shia cleric
- ↑ شیخ نمر، صدای بهار عربی در عربستان سعودی BBC Persian
- ↑ „Кем был шиитский проповедник, казнь которого всколыхнула Ближний Восток «На слово надо отвечать словом, а не мечом» // [[tvrain.ru]], 14:54, 3 января 2016. Он родился в 1959 году (по другим данным, на год позже) в селении Аль-Амавия в восточной мухафазе Эль-Катиф. Происходит из рода Шейха Мухаммеда ан-Нимра, который возглавил шиитское восстание против короля Абдель Азиза ещё в 1928 году. Духовное образование получил в священном для шиитов иранском городе Кум, затем продолжил учёбу в Сирии.“. 2016-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-yanvar.
- ↑ Saudi police arrest prominent Shi’ite Muslim cleric | Reuters (Wayback Machine saytida 2012-07-11 sanasida arxivlangan)(ingl.)
- ↑ نمر، صدای بهار عربی در عربستان سعودی[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка BBC Persian
- ↑ Saudi Arabia executes 47 people in one day including Shia cleric ( at www.theguardian.com Error: unknown archive URL 20170815135101 sanasida arxivlangan)(ingl.)
- ↑ Telo kaznennogo shiitskogo propovednika an-Nimra ne peredadut seme (Wayback Machine saytida 2016-02-06 sanasida arxivlangan) // RIA Novosti. – 03.01.2016, 14:42
- ↑ Yevgeniy Kalyukov Blijniy Vostok nakrila volna protestov iz-za kazni shiitskogo propovednika (Wayback Machine saytida 2024-03-26 sanasida arxivlangan) (http://www.rbc.ru/politics/ (Wayback Machine saytida 2024-03-26 sanasida arxivlangan)). – 02.01.2016, 18:03
- ↑ Kazn sheyxa an-Nimra – bolshaya politicheskaya oshibka, zayavil Xamenei (Wayback Machine saytida 2020-06-27 sanasida arxivlangan) // TASS informatsionnoe agentstvo. – 3 yanvarya 2016, 11:24
- ↑ „Казнь шиитского проповедника в Саудовской Аравии привела к массовым протестам“. 2016-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-yanvar.
- ↑ „Толпа шиитов в Тегеране взяла штурмом посольство Саудовской Аравии“. 2016-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-yanvar.
- ↑ „Саудовская Аравия разорвала дипломатические отношения с Ираном“. Meduza (2016-yil 4-yanvar). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-yanvar.
- ↑ „Бахрейн разорвал дипломатические отношения с Ираном“. Meduza (2016-yil 4-yanvar). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-yanvar.
- ↑ „Судан выдворил из страны иранского посла“. Лента.ру (2016-yil 4-yanvar). 2016-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-yanvar.
- ↑ „ОАЭ отозвали посла и объявили о понижении дипломатических отношений с Ираном“. Лента.ру (2016-yil 4-yanvar). 2016-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-yanvar.
- ↑ „Кувейт передал послу Ирана ноту протеста“. РИА Новости (2016-yil 6-yanvar). 2016-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-yanvar.
- ↑ „Кувейт тоже решил отозвать посла из Тегерана“. Русская служба Би-би-си (2016-yil 6-yanvar). 2016-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-yanvar.
- ↑ „Джибути разрывает отношения с Ираном“. ТАСС (2016-yil 6-yanvar). 2016-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
- ↑ „Сомали разорвала дипломатические отношения с Ираном“. Русская служба Би-би-си (2016-yil 7-yanvar). 2016-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
Havolalar
tahrir- Podborka publikatsiy o protsesse[sayt ishlamaydi]
- Statya ob utverjdenii prigovora i ego vozmojnix posledstviyax dlya otnosheniy Irana i Saudovskoy Aravii (Wayback Machine saytida 2021-11-27 sanasida arxivlangan)
- Reportaj TVTs
- Statya na sayte Lenta.ru