Nina Bernstein
Nina Bernstein (talaffuzi: Nina Bernshteyn;) amerikalik jurnalist boʻlib, New York Times gazetasida oʻzining ijtimoiy va huquqiy masalalar, jumladan, immigratsiya, bolalar xavfsizligi va sogʻliqni saqlash toʻgʻrisidagi maqolalari bilan mashhur. 2016-yil oxirida nafaqaga chiqqan. Times gazetasida 21 yil davomida metro muxbiri, milliy muxbir va tergov muxbiri boʻlib faoliyat yuritgan[1][2].
Nina Bernstein | |
---|---|
Tavalludi | tax. 1949 (yoshi 74–75) |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | jurnalist |
Faoliyat yillari | 1986 — 2016 |
Turmush oʻrtogʻi | Andreas Huyssen |
Bolalari | 2 |
Otasi | Lester Bernstein |
Mukofotlari | George Polk Award |
Nina 1995-yilda uchta hamkasbi bilan poytaxtni yoritgani uchun George Polk mukofotiga sazovor boʻldi. 11-sentyabr hujumlaridan soʻng u Manxetten atrofidagi joylarda koʻchada intervyu olib yurdi.
Uning immigratsiya hibsxonasidagi oʻlimlar haqidagi reportaji koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan 2010-yilda Kolumbiya Jurnalistika maktabi tomonidan berilgan jurnalistikadagi jasorati uchun Paul Tobenkin Memorial mukofoti[3] va 2009-yilda Sidney J. Hillman mukofoti[4]. U New York gubernatorining isteʼfoga chiqishiga olib kelgan janjalni yoritgani uchun 2009-yilda Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritgan. Bernstein Metro jamoasining aʼzosi edi[5].
Hayoti
tahrirBernstein 1970-yilda Harvard universitetini Yevropa tarixi va adabiyoti bo‘yicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. U Miluoki va Ayovadagi gazetalarda ishlagan. Keyin 9 yil davomida New York Newsday gazetasining muxbiri, shu jumladan Berlin va Bosniyada xorijiy muxbir sifatida faoliyat yuritdi. Nina Times gazetasiga 1995-yilda ishga kirgan.
Bernstein 1983 — 1984 yillarda Harvardda Nieman, 2002 — 2003 yillarda Berlindagi Amerika Akademiyasida jurnalistika boʻyicha tahsil olgan. U „Epic Struggle to Change Foster Care“ (Panteon, 2001) kitobi muallifi boʻlib, 2002-yil New York jamoat kutubxonasi[6] va PEN Amerika tomonidan jurnalistika sohasidagi aʼlo xizmati uchun Helen mukofotiga sazovor boʻlgan[7]. Shuningdek, Nina Milliy kitob mukofoti[8] va Milliy kitob tanqidchilari mukofotining finalchisi[9]. U ikkita ilmiy kitobning bosh boblariga hissa qoʻshgan: „Writing Immigration: Scholars and Journalists in Dialogue“ (Kaliforniya universiteti matbuoti, 2011)[10] va „Challenging Immigration Detention: Academics, Activists and Policy-Makers“ (Edward Elgar nashriyoti 2017)[11]. Bernstein shuningdek, bolalar uchun „Magic by the Book“ (Farrar, Straus va Giroux, 2005) badiiy kitobining ham muallifidir.
Nina Kolumbiya universiteti professori Andreas Huyssen bilan turmush qurgan. Ularning ikki farzandi bor. Bernsteinning otasi Lester Bernstein jurnalist va The New York Times hamda Time jurnalida muharrir boʻlgan. U 1979-yildan 1982-yilgacha Newsweek jurnalining bosh muharriri boʻlib faoliyat yuritgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „The Learning Network“. The New York Times. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ „Nina Bernstein“. The New York Times. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ „The New York Times' Bernstein Wins Tobenkin Award for Courageous Reporting“. Adweek.com. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ „2009 Hillman Awards Ceremony“. Hillmanfoundation.org (2009-yil 16-iyun). Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ „Nina Bernstein“. The New York Times. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ „Past Winners of The New York Public Library Helen Bernstein Book Award for Excellence in Journalism“. The New York Public Library. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ „2002 Literary Awards Winners“. Pen.org (2012-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ „National Book Awards 2001“. Nationalbook.org. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ „National Book Critics Circle: Awards“. 2015-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
- ↑ „Writing Immigration“. Ucpress.edu. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ „Challenging Immigration Detention“. E-elgar.com. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.