Ninotsminda (gruzincha : ნინოწმინდა [ninɔtsʼmindɑ], Armancha : Նինոծմինդա) — Gruziyaning janubiy Samtsxe-Javaxeti tumanida joylashgan shahar va shu nomli munisipalitetning markazi hisoblanadi. Aholining katta qismini armanlar tashkei etadi. 2014-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shaharda 5,144 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda.

Tarixi tahrir

Aholi punktining hozirgi rasmiy nomining etimologik kelib chiqishi va tarjimasi ingliz tilida „Avliyo Nino“ degan maʼnoni anglatadi.1991-yilda gruzinlarning eng katta daʼvatchilaridan biri Avliyo Nino sharafiga shaharga nom sifatida berilgan. 

Usmonlilar hukmronligi davrida bu sanjak Child Eyaletining Altunkale deb atalgan, turkchadan „oltin qal’a“ deb tarjima qilinadi. 

1991-yilgacha Ninotsminda shahri Bogdanovka (ruscha: Богдановка deb nomlangan) — 1840-yillardagi mintaqadagi Duxobor aholi punkti tarixiga borib taqaladigan nomdir[1][2]. 1878-yilda Kars bosib olingandan soʻng, Bogdanovkadan baʼzi duxoborlar yangi tashkil etilgan Kars viloyatiga koʻchib oʻtdilar. Yigirma yil oʻtgach, ularning baʼzilari yoki ularning avlodlari Kars viloyatidan Kanadaga koʻchib oʻtishadi va u yerda Saskachevanning Langham tumanida qisqa muddatli Bogdanovka qishlogʻini tashkil etishadi. Toʻgʻridan-toʻgʻri Gruziya Bogdanovkasidan kelgan yana bir muhojirlar guruhi Saskachevanning Pelli yaqinida yana bir Bogdanovka nomli qishloqni tashkil etishadi.

Demografiyasi tahrir

2014-yilgi Gruziyada aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarida keltirishicha, Ninotsminda munitsipalitetida 24 491 kishi istiqomat qilgan, ulardan 23 262 kishi, yani 95% armanlar va 1029 kishi, yani 4,2% gruzinlar edi. Sovet Ittifoqida mintaqaning Duxobor aholisi nisbatan qulay sharoitda boʻlib, etnik jihatdan aralash chegaradosh mintaqa aholisi sifatida davlat amaldorlari eʼtiboridan chetda qolgan edi. 1990-yillarda Sovet Ittifoqi parchalanib, millatchilik bosimi kuchaygach (ham mahalliy armanlar, ham davlat tomonidan turuvchi gruzinlar), qolgan rus koʻchmanchilarining muhim qismi Rossiyaga joylashish uchun oʻz uylarini tashlab ketishadi[3][4].

Taniqli odamlari tahrir

  • Gurgen Dalibaltayan — arman generali [ <span title="This claim needs references to reliable sources. (September 2020)">iqtibos kerak</span> ]
  • Davit Lokyan — Armaniston hududiy va rivojlanish vaziri [ <span title="This claim needs references to reliable sources. (September 2020)">iqtibos kerak</span> ]
  • Nairi Sedrakyan — arman matematiki [ <span title="This claim needs references to reliable sources. (September 2020)">iqtibos kerak</span> ]

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir