Niqto (antromorfizm) — badiiy tasvirda o‘simliklar, hayvonot va jonsiz tabiat namunalarini so‘zlatish sanʼati. Niqto tashxis sanʼatiga o‘xshash, ammo bir xil uslubga ega emas. Tashxis sanʼatida jonli va jonsiz tabiatdagi narsalarni insonga xos belgi va xususiyatlar bilan bog‘lab tasvirlanadi. Niqtoda esa ular jonli inson singari so‘zlashadi. Masalan: Jonga chun derman, ne erdi o‘lmagim kayfiyati - Derki, bois bo‘ldi jism ichra marazning shiddati. Jismdin so‘rsamki, bu vaʼzingg‘a ne bo‘ldi sabab - Der: anga bo‘ldi sabab o‘tluq bag‘irning xirqati. Chun bag‘irdin so‘rdum, aytur andin o‘t tushdi manga, Kim ko‘ngulga shu’la soldi ishq barqi ofati… [1]

Manbalar tahrir

  1. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 2-jild.

Yoqubjon Is’hoqov, „So‘z sanʼati so‘zligi“.