Jozef Nisefor Niepse 1765-yil 7-martda Fransiyada tugʻilgan.[2] Asosan Nisefor Niepse nomi bilan tanilgan. Nisefor Niepseni fotografiyaga asos solgan fotograf sifatida bilishadi.[3] Niepce 1825-yilda fotoni oʻyib yozish uchun foydalaniladigan ilk bosma plastinka heliografiyani yaratgan.[4] 1826—1827-yillarda u eng qadimgi kameradan foydalangan holda, dunyoning haqiqiy manzarasini saqlab qolgan holda eng qadimgi fotosuratini olgan. Shuningdek Nieps akasi Klod Nieps bilan birgalikda dunyodagi birinchi ichki yonuv dvigateli Pireolofor ham yaratgan.[5]

Nicéphore Niépce
Tavalludi
Joseph Nicéphore Niépce

7-mart 1765-yil
Vafoti 5-iyul 1833-yil(1833-07-05)
(68 yoshda)
Saint-Loup-de-Varennes, Saône-et-Loire, France
Fuqaroligi Fransiya[1]
Kasbi
  • Inventor
  • photographer
Faoliyat yillari 1795−1833
Imzosi

Biografiyasi

tahrir
 
Niepsning tugʻilgan joyi Chalon-sur-Sonda, uning xotirasiga lavha qoʻyilgan
 
Niepce. 1795-yil

Niepse Chalon-sur-Son shahrida huquqshunos oilasida tugʻilgan. Ular oilada toʻrtta farzand boʻlgan. Uning katta akasi Klod (1763—1828) ham ixtirochi boʻlgan. Ammo Pireolofor kashfiyoti uchun oilaviy boylikning barchasini sarf qilganligi sababli qashshoqlik va muvafaqqiyatsizlikka uchrab, ruhiy kasallikdan vafot etgan.[6][7][8]

Niepse Anjedagi Oratoriya kollejida taʼlim olish jarayonlarida fan va eksperimental usulni tezda oʻrgangan va tezda muvaffaqiyatga erishib, kollej professori unvoniga sazovor boʻlgan.

Fotosuratlari

tahrir
 
1825-yilda Nikéfor Niepse tomonidan yaratilgan eng qadimgi uchta fotografik artefaktdan biri. Bu qogʻozga siyoh bosilgan bosma, lekin uni tayyorlash uchun ishlatiladigan bosma plita Niepcening geliografiya jarayoni bilan fotografik tarzda yaratilgan. Unda 17-asrga oid flamand gravyurasi aks ettirilgan.
 
1827-yilda Jozef Nisefor Niepse tomonidan Fransiyaning Le Gras shahrida olingan eng qadimgi fotografik tasvir (qalay plastinkadagi geliograf).

Velosiped

tahrir

1818-yilda Niepce velosipedning ajdodi boʻlgan 1817-yilda Karl fon Drais tomonidan ixtiro qilingan Laufmaschine bilan qiziqib qoladi. Uning oʻzi ham yangi model yasaydi va uni velocipède (tezkor oyoq) deb nomlaydi. U oʻzining bu mashinasini egar bilan yanada takomillashtiradi va bu ixtirosi katta shov-shuvga sabab boʻladi. Keyinchalik u akasi Niseforga yoʻllagan maktubida mashinasini motorizatsiya qilishni ham oʻylab qoʻyganligi haqida yozgan.[9]

 
Nisefor Niepse

Merosi

tahrir

Oy krateri Niepsening sharafiga uning nomi bilan atalgan.

Niépce Heliografi Ostindagi Texas universitetidagi Garri Ransom markazida doimiy ravishda namoyish etib boriladi.[10]

Niepce nomli mukofot 1955-yildan beri har yili Fransiyalik yildan professional fotograflarga beriladi. U Niepce sharafiga Albert Plécy tomonidan kiritilgan

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. Nicéphore Niépce Encyclopædia Britannicada
  3. Baatz, Willfried. Photography: An Illustrated Historical Overview. New York: Barron's, 1997 — 16-bet. ISBN 0-7641-0243-5. 
  4. „World's oldest photo sold to library“. BBC News (21-mart 2002-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2011-yil. „The image of an engraving depicting a man leading a horse was made in 1825 by Nicéphore Niépce, who invented a technique known as heliogravure.“.
  5. „Nicéphore Niépce House Museum“. Nicéphore Niépce House Museum.
  6. „History of Art: History of Photography“. 2022-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.
  7. „Le Pyréolophore de Nicéphore“. Ferragus. 2019-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-avgust 2010-yil.
  8. Research Joseph Nicéphore Niépce – Science and Its Times. 
  9. „Other Inventions: the Velocipede“. 2012-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyul 2009-yil.
  10. Gernsheim, Helmet; Gernsheim, Alison (1952-yil sentabr). „Rediscovery of the World's First Photograph“ (PDF). Image, Journal of Photography of George Eastman House. 1-jild, № 6. Rochester, NY: International Museum of Photography at George Eastman House Inc. 1–2-bet. 4 March 2016da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 24 June 2014. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)