Niyazi Emre Altuğ Turkiyalik aktyor va qoʻshiqchi 1969-yil 14-aprelda tugʻilgan.[1]

Emre Altuğ

Altuğ 2012–yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Niyazi Emre Altuğ
14-aprel 1969-yil (1969-04-14) (55 yosh)
Levent, Istanbul, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Qoʻshiqchi-qoʻshiq muallifi
Aktyor
Ijrochi
Leybl
  • Topkapı
  • Prestij
  • Müyada
  • Raks
  • DSM
  • DMC
  • Dokuz Sekiz
  • Poll
  • Avrupa
Turmush oʻrtogʻi Çağla Şıkel
Janr Pop, rock, pop raqsi
Faoliyat yillari 1993-hozirgacha
Veb-sayt Rasmiy sayti

Biografiya

tahrir

Emre Altug Levent, Beşiktaşda otasi stomotolog va onasi uybekasi va u oilada ikkinchi oʻgʻil boʻlib tugʻilgan. Uning oilasinig kelib chiqishi Niğdelik.[1](Wayback Machine saytida 15 August 2016 sanasida arxivlangan) Istanbul Universiteti Davlat Konservatoriyasining teatr boʻlimini tamomlagan. U bolalar fantazik seriali Sihirli Annem, yoshlar uchun Lise Defteri, Elde Var Hayat Jeffersonning turkcha Tatlı Hayat serialini qayta ishlaydi va Güldür Güldür teatr eskizi (kabi turli rollari) eng yaxshilari edi. U 1998-yil 28-avgustda İbreti Alem deb nomlangan birinchi albomi chiqishidan oldin u Sezen Aksu, Sertab Erener,Levent Yüksel va Nilüfer kabi taniqli sanʼatkorlardek turli spektakllarda sahnaga chiqdi va orqada vokal kuyladi. U 2000-yil Iyul oyida Melih Kibarning Bir de bana sor nomli albomi uchun qoʻshiq kuyladi . Qoʻshiq radiostansiyalarda katta xitga aylanishga erishdi.2003-yil 3-martda uning ikkinchi albomi Sıcak chiqdi. Ayni paytda u reklama roliklarida, telefilmlarda va Kolay Para kabi badiiy filmlarda suratga tushmoqda. Uning uchinchi albomi Dudak Dudağa 2004 yilda, undan bir yil oʻtib Sensiz Olmuyor chiqdi. Albom nomi bilan atalgan qoʻshiq (Sensiz Olmuyor) nomi ostidagi teleserialning asosiy qoʻshigʻiga aylandi va unda Emre bosh rolni ijro etgan edi. Serial Show TVda namoyish etildi.[2] 2007-yilning 12-iyunida u yana bir Kişiye Özel nomli albomini chiqardi. Emre Altuğ inglizcha albom chiqarishni rejalashtirayotgan edi, buning uchun u AQShga borib, Mark Feist va Damon Sharpe [3] (Anastacia yoki Jennifer Lopez kabi sanʼatkorlar bilan ishlagan, prodyuser va hamkorlar) bilan ishlashni xohlar edi. Xayriya qoʻshigʻining mualliflari, Emrening ovozini ajoyib deb topdi va u bilan toʻrtta qoʻshiq ustida ishlay boshladilar.[4]

U 2008-yilning avgust oyida Turk modeli Çağla Şıkel bilan turmush qurgan va ularning ikki oʻgʻli bor. Juftlik 2015 yilda ajrashgan.[5]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir