Noah Cameron Schnapp — Amerikalik aktyor. U ilmiy-fantastik yoʻnalishda yaratilgan Stranger Things filmidagi Will Byers roli sababli dunyoga tanilgan. 2004-yil 3-oktabrda Nyu York shahrida tavallud topgan.

Tugʻilgan 2004-yil 3-oktabr(18 yosh) Nyu York ,AQSH
Fuqaroligi Amerika va Kanada
Kasbi Aktyor
Ijodiy faoliyati 2014-yildan hozirgacha

Biografiyasi tahrir

Schnapp Nyu York shahrida Mitchell va Karine Schnapp oilasida tugʻilgan. U yahudiy hisoblanadi va uning egizak singlisi mavjud. Bir paytning oʻzida Amerika va Kanada fuqaroligini olgan Noah 5 yoshidan boshlab aktyorlik sohasiga qiziqishni boshlagan. Avvalo maktab va jamoat sahnalarida rol oʻynashni boshlagan va 8 yoshida oʻqituvchisining maslahati bilan aktyorlik ijodini boshlagan.

Schnapp Pennsylvania Universitetida biznes va innovatsiya sohasida oʻqimoqda va 2026-yilda universitetni bitiradi.

Ijodiy faoliyati tahrir

Schnappning debut roli Steven Spielberg tomonidan suratga olingan Bridge of Spies(2015) filmidagi Roger boʻlgan. Undan soʻng esa animatsion The Peanuts Movie filmidagi Charlie Brown rolini ijro etgan.

U 2016-yil iyul oyida Stranger Things filmidagi Will Byers roli bilan dunyoga mashhur boʻldi va filmning ikkinchi mavsumiga ham rol ijro etishga taklif etildi.

Mukofotlari tahrir

Mukofot Yili Boʻlimi Film nomi
MTV Movie&

TV Awards

2018 Eng qoʻrqinchli ijro

Eng yaxshi ekran jamoasi

Stranger things
Peopleʼs Choice

Awards

2022 2022-yilning eng yaxshi erkak teleyulduzi -
Teen Choice Awards 2019 Yozgi tele-aktyor -
Young Atrist Awards 2017 TV boʻlimlaridagi eng yaxshi ijro Stranger Things