Nodira Abdusalomovna Jonibekova (1973-yil 18-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi.

Tarjimai holi tahrir

1995-yil Guliston davlat universitetining tarix, ijtimoiy fanlar va huquq fakultetini tamomlagan. Ekologiya, xususan, suv resurslaridan foydalanishda transchegaraviy hamkorlik va yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishga oid ilmiy jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy nashrlari mavjud[1].

2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi lavozimiga tayinlangan[2]. „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir

  1. „ДЖАНИБЕКОВА Нодира Абдусаломовна | TsentrAziya“. centrasia.org. 2022-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-yanvar.
  2. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2022-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-yanvar.