Nodira Nodirjanova
Nodira Nodirjanova (1990-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) – o‘zbekistonlik shaxmatchi, xalqaro shaxmat ustasi (2017). 2017-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati gʻolibi. 2024-yilgi 45-shaxmat olimpiadasida ayollar oʻrtasida yakkalik hisobda kumush medali sohibasi[1].
Nodira Nodirjanova | |
---|---|
Nodira Nodirjanova 2024-yilda boʻlib oʻtgan 45-shaxmat olimpiadasida | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Tugʻilishi |
11-sentyabr 1990-yil Oʻzbekiston |
Saravha | Xalqaro shaxmat ustasi |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2195 (2012-yil) |
Biografiyasi
tahrirNodira Nodirjanova 2007-yilda 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 10-oʻrinni egallagan[2]. U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati finallarida muntazam tarzda ishtirok etib kelmoqda. Nodirjonovaning ushbu turnirlardagi eng yaxshi natijalari 2017-yilda 1-oʻrin[3], 2018-yilda esa 3-oʻrin boʻlgan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Nodira Nodirjonova: "Shaxmatchi qizlarga avtomashina berilmaganidan, albatta, xafaman"“. www.aniq.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ „WORLD YOUTH CHAMPIONSHIP 2007 (18G)“. www.archive.chess-results.com. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Uzbekistan Women Championship Final 2017“. www.archive.chess-results.com. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Uzbekistan Women Championship (Final) 2018“. www.archive.chess-results.com. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.