Nokia 1110 - Nokia tomonidan ishlab chiqilgan yengil darajadagi mobil telefondir. Nokia 1110 2005-yilda, Nokia 1110i esa 2006-yilda ishlab chiqarilgan. Telefonlar mobil qurilmadan birinchi marotaba foydalanayotganlarga mo'ljallangan edi. Nokia ma'lumotlariga ko'ra, Nokia 1110i foydalanish uchun qulayroq, ishonchliroq va arzonroq narxga ega bo'lgan[1][2] Ushbu telefon Nokia 1100 ga juda o'xshaydi.

Nokia 1110

Nokia 1100
Brend Nokia
Hajmi 104 x 44 x 17 mm
Vazni 80 g
Vebsayt europe.nokia.com

Nokia 1110 Nokia 1200 bilan almashtirilgunga qadar 2007-yilning yanvaridan mayigacha sotilgan asosiy arzon telefon edi[3] Telefon uchun asosiy bozor rivojlanayotgan mamlakatlar hisoblangan.

Nokia 1101 kabi oq ekranli Nokia 1112 modifikatsiyasi hisoblanadi. Ekrandan tashqari hech qanday muhim o'zgarishlar kiritilmagan.

Telefon 250 millionga yaqin nusxada sotilishi bilan oʻzidan oldingisining (Nokia 1100) muvaffaqiyatini takrorladi[4]

Imkoniyatlari tahrir

Nokia 1110 qora fonda oq harflar bilan sariq fon yoritgichiga ega, Nokia 1110i esa oddiy rang sxemasiga ega monoxrom displeyga ega. Uzunligi 104 mm, kengligi 44 mm, qalinligi 17 mm, vazni 80 g. Korpus materiali - plastmassa. Polifonik qo'ng'iroq, vibratsiyali ogohlantirish va karnayga ega. Telefondagi kontaktlar soni (maksimal) - 200 raqam, xotirasi esa - 4 MB. Unda original turdagi kompyuter ulagichi mavjud. Telefonda tashkilotchi dasturi va moslashtirilgan profillar ham mavjud.

Telefonning o'ziga xosligi juda kam quvvat sarfi: suhbat rejimida batareya quvvati 5 soat 20 daqiqa, kutish rejimida esa 380 soat (15 kun) davom etgan. 900 mA/soat batareya bilan jihozlangan. Telefonda ovozli uyg'otgich va soat, displeyda analog soat va ovozli taymer mavjud. Qurilma rasm ko'rinishidagi habarlar yuborish imkonini beradi.

Telefonda Snake Xenzia, Pocket Carrom va Dice Games kabi uchta o'rnatilgan o'yin mavjud.

Manbalar tahrir

  1. „Nokia Press Release (June 19, 2006)“ (deadlink). 2012-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Nokia launches two new handsets as part of its strategy for growth markets (Wayback Machine saytida 2007-12-09 sanasida arxivlangan), forbes.com, June 2, 2005. Accessed on line December 4, 2007.
  3. Bremner, Brian „India Blows by China in Mobile Phone Market Growth“ (deadlink). BusinessWeek (McGraw Hill) (2007-yil 30-yanvar). — „All this explains why global handset makers such as Nokia, Motorola and Samsung are shifting product development efforts and marketing strategies to emerging markets [..] Nokia, which has invested heavily in emerging markets, late last year slashed the price of its basic monochrome model —the Nokia 1110 [and] has three phones in the sub-$50 range.“. 2012-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 3-iyul.
  4. „20 bestselling mobile phones of all time - Technology Intelligence“. 2015-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.