Nokia 5310 (indeks TA-1212, kod belgisi "Pisces") - bu 2020-yilning bahorida Nokia brendi ostida Finlandiyaning HMD Global kompaniyasi tomonidan chiqarilgan uyali aloqa telefoni. U 2007-yilda ishlab chiqarilgan afsonaviy Nokia 5310 XpressMusicning qyangi ko'rinishi hisoblanadi. Avvalgi talqindan farqli o'laroq, yangi 5310 "XpressMusic" brendiga ega emas.

Nokia 5310 (2020)

Nokia 5310 (2020)
Brend Nokia
Seriya Series 30+
Form-faktor monoblok
Hajmi 123,7х52,4х13.1
Vazni 88.2 gramm

Telefon jahon bozorida chiqishi bilan turlicha qabul qilindi. Jurnalistlar yorqin ekran, yaxshi korpus materiallari va qulay klaviatura, shuningdek, baland ovozli dinamiklar va yuqori sifatli ovozni yuqori baholadilar, biroq nisbatan yuqori narx va avvalgisiga nisbatan sezilarli o'zgarishlar yoʻqligi tanqidga sabab boʻldi.

Tarixi tahrir

Nokia 5310 XpressMusic mobil telefoni 2007-yil 27-avgustda taqdim etilgan. XpressMusic musiqiy turkumiga kiruvchi gadjet musiqa ijro etish uchun qoʻshimcha tugmalar bilan jihozlangan boʻlib, ular ekran yaqinidagi qirrali yon chetiga joylashtirilgan. Bundan tashqari, u 1 sm dan yupqa bo'lgan kam sonli telefonlardan biri va eng yengil (71 gramm) Nokia telefonlaridan biri edi. Mobil telefon Series 40 operatsion tizimida ishlagan va Java-appletlarini ishga tushirishni qo'llab-quvvatlagan, Bluetooth va FM radiosi ham mavjud edi[1][2]

Nokia 5310 XpressMusic mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. U 2012-yilgacha ishlab chiqarilgan bo'lib, o'z davrida katta shuhrat qozongan (10 million nusxadan ortiq sotilgan)[3][4][5]

Yangi talqinda ishlab chiqish tahrir

2017-yildan buyon Microsoft Mobile’ni sotib olgan va Nokia brendiga boʻlgan huquqlarni qoʻlga kiritgan HMD Global kompaniyasi norasmiy umumiy nomi Nokia Originals bo'lgan mashhur Nokia telefonlarining zamonaviy talqinlarini ishlab chiqarmoqda. 5310 modeli 2020-yilda qayta tiklanishi mumkinligi haqidagi taxminlar bu haqda rasmiy ma'lumotlar paydo bo'lishidan oldin ham tahlilchilar tomonidan bildirilgan edi[6]

2020-yil fevral oyi oʻrtalarida TENAA maʼlumotlar bazasida Nokia TA-1212[7] deb belgilangan uyali telefon sertifikati haqidagi xabar paydo boʻldi. Qurilmaning texnik xususiyatlari va fotosuratlaridan Nokia 5310 ning qayta tiklangan talqinini chiqishi va bu qurilma KaiOS yoki Android tizimidagi yarim smartfon emas, balki "oddiy" tugmachali telefon bo'lishi kerak edi. Ushbu habarlar 18-mart kuni yangilik rasman taqdim etilganida tasdiqlandi.

Qurilmalardagi farq tahrir

Nokia 5310 XpressMusic (2007) Nokia 5310 (2020)
Tizim Series 40 3rd edition, Java Series 30+
ekran 2.1" TN 240x320, 190 ppi, 16М rang, yoruqlik dachtchigi 2.4" TN 240x320, 167 ppi, 16М rang
Operativ xotira 32 MB 8 MB
O'rnatilgan xotira 30 MB, MicroSD 32 GBgacha 16 МБ, MicroSD 32 GBgacha
Prosessor Noma'lum (ARM9), 230 MGs MediaTek MT6260A, 360 Mgs
Kirish nuqtalari MicroUSB (ma'lumot almashish), 2 mm Nokia DC (quvvatlagich), 3.5 mm audio MicroUSB (ma'lumot almashish va quvvatlagich), 3.5 mm audio
Tarmoq GSM 850/1800/1900 (Amerika), GSM 900/1800/1900 (Evroosiyo), HSCSD GSM 900/1800
Ulanish Bluetooth 2.0 A2DP Bluetooth 3.1 A2DP
Kamera 2 MP, qiroqsiz 0.3 MP, chiroq bilan
Akkumulyator 860 mAs, Li-Ion, BL-4CT 1200 mAs, Li-Ion, BL-4UL
O'lchamlari 103.8х44.7х9.9 123.7х52.4х13.1
vazni 71 g 88.2 g
Ranglari Korpus asosan: oq, kulrang, qora

Yon qo'shimchalar: qizil, pushti, binafsha, ko'k, to'q sariq, kulrang, qora

Oq-qizil, qora-qizil
Boshlang'ich narx 230 yevro 39 yevro
Boshqa farqlar MicroUSB va 3,5 mm ulagichlar pastdan yuqoriga ko'chirildi. Ovoz balandligi tugmalari bloklari va musiqa boshqaruvi qarama-qarshi tomonlarga o'rnatildi. Tasma qo'shimchasi olib tashlangan. Stereo dinamiklar qo'chilgan.

Manbalar tahrir

  1. „Nokia 5310 XpressMusic“. Helpix. 2022-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  2. „Nokia 5310 XpressMusic“ (en). Онлайн-музей Nokia. 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  3. Артур Лучкин. „Анонс Nokia 5310 - музыкальная "нетленочка" в 2020 году“. Mobiltelefon.ru (2020-yil 19-mart). 2020-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  4. „A history of Nokia phones: Nokia 5310 XpressMusic“ (en). The Telegraph (2016-yil 4-iyun). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  5. Siva Bharani. „Nokia 5310 2020 Review – A Loud Comeback“ (en). Fonearena (2020-yil 5-avgust). 2022-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  6. Shomik Sen Bhattacharjee. „5 Smartphone Designs That We Would Love To See Re-imagined In 2020“ (en) (2019-yil 1-dekabr). 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  7. Nokia TA-1212 в базе данных TENAA