Nomaʼlum kishi maqbarasi – Goʻri Amir meʼmoriy ansamblida mavjud maqbaradir.

Shimoliy qism binolariga borishda yoʻlakning chap tomonida XIV asrda qurilgan yana bir maqbara mavjud. Bugungi kunda yodgorlikning faqatgina buzilgan peshtoq qismi saqlanib qolgandi, u qayta tiklandi. Maqbarada dafn etilgan shaxs toʻgʻrisida ham aniq bir maʼlumot yoʻq. Peshtoq gʻoyat ajoyib qoplamasi va undagi lojuvard hamda zangori rangning oʻta shaffofligi bilan kishi eʼtiborini oʻziga tortadi. Maqbara yaqinda ilmiy jihatdan tekshirilib, asl bezaklari oʻz holida taʼmir etildi. XII asrda bu yerda ajoyib bezatilgan ulkan bino boʻlgan. 1968-1974-yillarda binoning poydevori tuproq qatlamlaridan tozalandi. Bu yerdagi yodgorlik Oʻrta Osiyodagi ilk inshoatlardan biri boʻlgan. Madrasa peshtoqi shaklli gʻishtlar bilan bezatilgan.

Manbalar

tahrir