Norah Aiton (1903-1988) modernistik uslubning dastlabki tarafdori boʻlgan britaniyalik arxitektor. Taxminan 1930-yilda u sherigi Betty Scott bilan Aiton va Scott arxitektura amaliyotini amalga oshirishdi. Ularning eng mashhur ishi Derbidagi Aiton & Company quvurlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya uchun qilgan ofis binosi edi. Bu moder uslubida qoʻllangan ilk binolar qatorida. Shu bilan birga ushbu bino oʻsha vaqtdagi kam sonli ayol arxitektorlar tomonidan loyihalashtirilgan bino sifatida yodda qolgan.

Tarjimai holi

tahrir

Aiton 1903-yil 13-iyunda Londonda tug‘ilgan[1]. Nikohidan oldin Gollandiya fuqarosi bo‘lgan. U Stoopning qizi hisoblanadi[2]. Otasi John Artur Aiton po‘lat quvurlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos solgan muhandis. John Derbi shahrida oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan taniqli shaxsga aylandi[3][4]. Aiton ikki ukasi va ota-onasi bilan Derbiga koʻchib oʻtgan. U yerdagi Girton kollejiga bordi va 1923-yilda Cambridg Mathematical Triposida oʻqidi[5]. Lekin 1924-yilda Cambridg arxitektura maktabida oʻqish uchun Britaniya meʼmorlari Qirollik institutiga (RIBA) yoʻl oladi. Norah u yerda stipendiya sohibiga aylandi. Ammo kursni oxirigacha tugatmadi[6]. U Architectural Association School(AAS) maktabida oʻqishni davom ettirdi. U maktabda 1 929-yilgacha oʻqidi va RIBA diplomini oldi.

Architectural Association Schoolda Norah kelajakdagi biznes sherigi Betty Scott bilan uchrashdi[7]. AAS oʻquv dasturi hali modernizmni oʻz ichiga olmagan edi. Ammo Aiton kontinental modernistik dizayndan xabardor boʻlgan. U Gollandiyaga bir necha bor sayohat qilgan va PJH Kuypers ofisida ishlagan[8]. 1933-yilda Sedgwick, Collins & Co kompaniyasining egasi Nikolaas Tollenaarga turmushga chiqdi. U 1934-yilda Britaniya fuqaroligini oldi[9][10]. Norah professional ravishda Norah Aiton nomi bilan tanilgan. Ammo, turmushga chiqqanidan soʻng Norah Tollenaar ismidan ham foydalangan.

Faoliyati

tahrir

Aiton intervyu berayotganida „poʻlat va shishadagi ultra zamonaviy dizaynlarga“ ishtiyoqi haqida gapirgan[7][11] va u qisman Piet Mondrian sanʼatidan ilhomlangan De Stijl nomli Gollandiya dizayn maktabiga qoyil qolgan. Stoke Pogesda Scottning ota-onasi uchun uyni loyihalashtirgandan soʻng, hamkorlikka Derbidagi Aitonning otasining ishlab chiqarish maydonchasi uchun ofislar yaratish imkoniyati berildi. Eklektik Scottdan farqli oʻlaroq, Aiton modernizmga chin dildan ishtiyoqmand edi[11].

 
„Aiton and Co“ hozir yopiq, ammo Derbidagi II darajali roʻyxatga olingan bino

Aitonning otasi arxitektorlarga[12] harbiy kemalar va elektr stantsiyalari uchun quvurlarni yetkazib beruvchi zavodga ega edi. Ularning dizayni bilan esa qizi Aiton shugʻullanar edi[7]. Bu Aiton & Co jamoasining yuqori sifatli quvurlardan foydalanishda yordam berdi. Quvurlardan ichki panjaralarda va boshqa joylarda foydalanildi[13].

Tarixiy Angliya buni „zamonaviy yoki xalqaro arxitektura uslubining juda yaxshi va juda erta namunasi“, „ayol arxitektorlar hamkorligi tomonidan ishlab chiqilgan eng qadimgi sanoat binolaridan biri“, — deb ataydi[14]. Architects Journal uni „yuqori texnologiyali dizaynning dastlabki naʼmunasi“, — deb taʼriflagan[15].

Aiton va Scott London shahridagi Sloan koʻchasida joylashgan binolarning birida ish olib borishgan. Ularning boshqa loyihalariga bosmaxona[11], Chislehurstdagi maymun qafaslari va baliq akvariumlaridan tashkil topgan xususiy hayvonot bogʻi[16], cherkovlar va turli xususiy uylar kiradi[7]. Ularning ishlari matbuotda, kitoblarda, savdo jurnallarida, RIBA koʻrgazmalarida namoyish etilgan. Ammo ular modern uslubidagi dizaynning asosiy tarixiga kiritilmagan[7]. Arxitektura tarixchisi Lin Woker va boshqalar bu holat haqida Buyuk Britaniyadagi modernistik arxitektura tarixi erkaklar nuqtai nazaridan yozilganligi bilan izohlashadi[7][17]. Aiton 20-30 yosh oraligʻida bir necha bor „ayol arxitektor“ sifatida tanilishga ulgurdi[11]. Uning ishlariga ayollar faoliyatidagi yangi shaxslardan biri sifatida qarashadi[18]. 1935-yilda AAS ayol meʼmorlarining loyihalari koʻrgazmasini oʻtkazganida Londonda 40 ga yaqin ayol meʼmorlar borligi aytilgan[16].

Keyingi faoliyati

tahrir

Aitonning faoliyati Ikkinchi Jahon urushi boshlanganidan keyin davom etmagan boʻlsa-da[19], uning sanʼat va dizaynga qiziqishi davom etdi. U zamonaviy sanʼat jamiyati aʼzosi boʻlgan[20] va dekorativ sanʼat toʻplamiga egalik qilgan[21]. Norah Raul Dufining amakivachchalari Kessler oilasining portretiga mualliflik qilgan[22].

U 1988-yil 22-avgustda Jersida[4] taʼtil paytida vafot etdi va oʻzidan qariyb 1 million funt sterling qoldirdi[23].

Qarindoshlari

tahrir

Aitonning amakisi gollandiyalik taniqli neft tadqiqotchisi Adrian Stoop edi[2][24]. U sanoatchi Dolf Kessler bilan ham qarindosh edi. Norah 1929-yilda innovatsion arxitektor Hendrik Woudaning uyini foydalanishga topshirgan[22].


Manbalar

tahrir
  1. Oxford Dictionary of National Biography., British Academy., Oxford University Press., Online, Oxford. ISBN 9780198614128. OCLC 56568095. 
  2. 2,0 2,1 'Golden Wedding of Sir Arthur and Lady Aitonʼ, Derby Evening Telegraph, 24 October 1945, p4
  3. Register of Births for England
  4. 4,0 4,1 The Times 1 September 1988, p13
  5. The Times, 15 June 1923, p9
  6. The Times, 23 Oct 1924, p16
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 Walker, Lynne (Summer 1994). "The Forgotten Architecture of Vision: Aiton & Scott's Factory Office for Aiton & Co., Derby, 1930-1". Twentieth Century Architecture (1): 23–30. 
  8. Catherine Burke. A Life in Education and Architecture: Mary Beaumont Medd. Routledge, 16 March 2016 — 39–40-bet. ISBN 978-1-317-18768-4. 
  9. ‘Lady Architect Weds’, Derby Evening Telegraph and Derby Daily Express 19 January 19, 1933 p1
  10. London Gazette: naturalisation lists
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 ‘Derby Girl Architectʼs Ambitionʼ, Derby Daily Telegraph 15 July 1931, p11
  12. 'Sunlight Offices of Messrs J. A. Aitonʼ, Derby Daily Telegraph, 16 July 1934
  13. British Listed Buildings:Former Aitons Works, Derby
  14. Historic England listed building:Aitonʼs Works
  15. Architects' Journal, 'BBC slammed for ‘bias’ after Patty Hopkins is sidelined in TV show',5 March 2014
  16. 16,0 16,1 ‘Work of Women Architects’, Dundee Evening Telegraph, 4 May 1935
  17. Worden, Suzette; Seddon, Jill (1995). "Women Designers in Britain in the 1920s and 1930s: Defining the Professional and Redefining Design". Journal of Design History 8 (3): 177–193. doi:10.1093/jdh/8.3.177. https://archive.org/details/sim_journal-of-design-history_1995_8_3/page/n24. 
  18. Derby Daily Telegraph, 15 July 1931, p2
  19. „Lynne Walker, 'Golden Age or False Dawn? Women Architects in the Early 20th century'“. 2015-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-oktyabr.
  20. Contemporary Art Society annual report
  21. „Christie's auction catalogue“. 2016-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-oktyabr.
  22. 22,0 22,1 Tate: Raoul Dufy, The Kessler Family on Horseback 1932
  23. UK government service: Find a Will
  24. genealogieonline

Havolalar

tahrir