Norboy Ishmuratov (1930-yil, Toʻrtkoʻl tumani, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR1990-yil, Toʻrtkoʻl tumani, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR) — sovet jamoat, davlat va siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni. Oʻzbekiston SSR Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani „Kommunizm“ kolxozi raisi[1][2].

Norboy Ishmuratov
Tavalludi 1930-yil
Vafoti 1990-yil
Toʻrtkoʻl tumani, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Partiyasi KPSS
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Norboy Ishmuratov 1930-yilda Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanida tugʻilgan. 1953-yilda KPSS aʼzoligiga qabul qilingan[1].

1948-yildan jamoat, ijtimoiy va siyosat ishlarida faoliyat yuritb kelgan[1].

Nukus pedagogika institutini tamomlab, 1948-yilda agronom, 1951-yildan Toʻrtkoʻl tumanida maktab oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1954-yildan tuman partiya qoʻmitasida instruktor, 1962-yilda Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi „Kommunizm“ kolxozi raisligiga saylangan[1].

Norboy Ishmuratov qisqa muddatda qoloq xoʻjalikni respublikada birinchi oʻringa olib chiqadi, Norboy Ishmuratov rahbarlik qilgan kolxoz qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha belgilangan reja koʻrsatkichlarini izchil bajarib, 8-besh yillikdagi ish natijalariga koʻra kolxoz raisi Norboy Ishmuratov Lenin ordeni bilan taqdirlangan.

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1976-yil 25-dekabrdagi Farmoni bilan Butunittifoq sotsialistik musobaqasida erishilgan yuksak muvaffaqiyatlar, gʻalla yetishtirish va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini davlatga sotishni koʻpaytirish boʻyicha rejalar va sotsialistik majburiyatlarni bajarishda mehnat jasorati koʻrsatgani uchun Norboy Ishmuratovga Lenin ordeni, „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali bilan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[1].

SSSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputati (19701974) etib saylangan[3]. KPSS XXIII syezdi delegatlaridan biri boʻlgan.

Ikki marta Lenin ordeni (04.08.1971; 25.12.1976), uch marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni (03.01.1965; 14.02.1975; 26.02.1981), medallar bilan taqdirlangan[1].

1990-yildan keyin vafot etgan[1].

Manbalar

tahrir