Noren (yap. 暖簾) — xonada muayyan joyni ajratish uchun eshik yoki derazada parda kabi osilgan anʼanaviy yapon pardasi.

Kirish eshigi oldida noren boʻlgan Naredagi anʼanaviy mato doʻkoni
Hammomga kirishni bildiruvchi ゆ belgisi boʻlgan Noren

Tavsif

tahrir

Asosiy shakli — toʻrtburchak, har xil turdagi matolardan, koʻp ranglar, naqshlar, oʻlchamlardan tayyorlanadi. Norenda, odatda oʻtish yoki koʻrishni yengillatish uchun pastdan deyarli tepagacha bir yoki bir nechta vertikal kesimlar mavjud. Yuqori qismida osilgan bambuk ustunga kiydirish uchun yopiq chok mavjud.

Foydalanish

tahrir

Noren odatda doʻkonlar va restoranlarda quyosh, shamol va changdan himoya qilish vositasi, shuningdek, oʻziga xos brend[1] sifatida ishlatiladi, bu kontekstdagi „norenni himoya qilish“ iborasi „firma obroʻsini himoya qilish“ degan maʼnoni anglatadi. Savdo doʻkonining asosiy kirish qismida osilgan Noren, muassasa ochiq ekanligini koʻrsatadi, ish kunining oxirida parda olib tashlanadi[2].

Noren, shuningdek, sentolarga (jamoat tijorat hammomlari) kirishga ham xos. Erkaklar kirish joyida osiladigan mato odatda koʻk rangga boʻyalgan, ayollarning kirish joyidagi esa — qizil ranglarga; hammomlar uchun norenlarga 湯 („yu“ — „issiq suv“) yoki tovushga mos keladigan ゆ xiragana belgisi qoʻllanadi[3].

Norendan oʻtayotganda, u kaftning cheti bilan, matoga 45° burchak ostida burilgan orqa tomoni bilan suriladi.

Manbalar

tahrir
  1. (yap.) 会社法 鈴木竹雄 株式会社弘文堂
  2. Помещение и интерьер: Норэн (Wayback Machine saytida 2019-05-28 sanasida arxivlangan)  — www.tasteofjapan.ru
  3. Японские занавески норены — lang2lang.ru