Norodom Sihanouk – Kambodja prezidenti va Bosh vaziri[1]. Fransiyada taʼlim olgan. Oʻsha paytlar Kambodja Fransiyaning mustamlakasi edi. 1941-yilda Kambodja Nordom Sihanouk prezidentligi davrida yaponlar tomonidan bosib olinadi. 1945-1955—yillarda Kambodja prezidenti. 1955-1969—yillarda turli hukumatlarning bosh vaziri. 1991-yilning iyunidan Oliy Milliy Kengashni boshqaradi[2].

1956-yilda u Kambodjaning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlangan[2]. 1982-yilda Sihanouk yana quvgʻindagi koalision hukumatni tuzgan va uning tarkibiga „qizil kxmerlar“ning vakillarini ham kiritgan. 1984-yilda koalisiya Koreya Respublikasi bilan muzokaralar olib borgan. 1990-yilning fevralida Vyetnam qoʻshinlari chiqarilganidan keyin va 1991-yilning oktyabrda tinchlik shartnomasi imzolangandan soʻng vataniga qaytib kelgan[1].

1991-yilning noyabrida Sihanouk „qizil kxmerlar“ bilan munosabatlarini uzdi, Oliy kengash raisi lavozimini egallagan va bu lavozimda, 1993-yilning sentyabrida, mamlakatda demokratik monarxiya oʻrnatuvchi yangi konustitutsiya tasdiqlanganidan soʻng taxtni egallaganiga qadar boʻlib turdi[3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Jeldres (2005).
  2. 2,0 2,1 Jeldres (2003).
  3. Osborne (1994).