Norvegiya ayollar ligasi
Norvegiya ayollar ligasi (shuningdek, Toppserien nomi bilan ham mashhur) Norvegiyadagi ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yuqori darajasi. Norvegiya ayollar ligasi 1984-yilda tashkil etilgan[1].
Davlat | Norvegiya |
---|---|
Konfederatsiya | UEFA |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 1-darajali |
Tashkil etilgan |
1984 2000-hozirga qadar (Toppserien nomi ostida) 1996-1999 (Eliteserien nomi ostida) 1984-1995 (1. divisjon nomi ostida) |
Jamoalar soni | 10 ta |
Pastki liga | 1. divisjon |
Ichki kuboklar | Norvegiya ayollar kubogi (1978-yildan beri) |
Xalqaro musobaqalar | UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi |
Amaldagi chempion | Sandviken (1-marta) |
Eng koʻp marta chempion |
LSK Kvinner Trondheims-Ørn (7 martadan) |
TV hamkorlar | NRK telekanali |
Veb-sayt | [1] |
Joriy mavsum: 2022-yilgi mavsum Toppserien |
Tarixi
tahrirDastlab ayollar ligasi futboli 1977-yilda okrug miqyosida joriy etilgan. Bu kichich okrug ligalari 1979-yilda mintaqaviy (Janubiy) ligaga saralash vazifasini bajargan. Mintaqaviy ligalar 1984-yil Norvegiya ayollar ligasi tashkil etilgunga qadar faoliyat koʻrsatgan. Oʻshanda ligalar uchta mintaqaga boʻlingan: Sharqiy-Norvegiya guruhi (Østlandet), Gʻarbiy-Norvegiya guruhi (Vestlandet) va Markaziy Norvegiya guruhi (Trøndelag). Ammo Shimoliy Norvegiya mintaqasidan (Nord-Norge) hech qanday jamoa oʻynamadi. Uch guruh g‘oliblari pley-off bosqichida o‘zaro to‘qnash kelishdi. 1983-yilda Oʻrta Norvegiya va Sharqiy Norvegiya guruhi gʻoliblari oʻrtasida chempionat pley-offi oʻtkazilgan (Trondheims-Orn jamoasi Setskog jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan), ammo bu chempionat norasmiy hisoblangan[2].
Norvegiya ayollar ligasi 1984-yildan 1995-yilgacha 1. divisjon (norvegchadan tarjimada 1-divizion), 1996-yildan 1999-yilgacha Eliteserien (norvegchadan tarjimada Elita Ligasi) va 2000-yildan hozirga qadar Toppserien (norvegchadan tarjimada Top Liga) nomlari bilan tanilgan. Ayollar oʻrtasidagi Norvegiya kubogi 1978-yildan beri oʻtkazib kelinadi.
Formati
tahrirNorvegiya ayollar ligasi hozirda 12 ta jamoadan iborat boʻlib, ular oʻzaro 2 marta (uyda va safarda) jami 22 ta oʻyin oʻtkazishadi. Mavsum apreldan oktyabrgacha davom etadi. Jamoalar reytingi quyidagi ososda shakllantiriladi:[3]
- Ballar soni (har bir gʻalaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko).
- Gollar farqi
- Urilgan gollar
- Teng ochkodagi jamoalar boʻlsa jamoalar oʻrtasidagi oʻzaro natijalar.
2022-yilgi mavsum jamoalari
tahrirJamoa | Joylashgan shahar | Uy stadioni | Tashkil topgan yil | Oʻtkazgan mavsumlar soni |
---|---|---|---|---|
Arna-Bjørnar | Indre Arna (Bergen) | Arna Idrettspark | 2001 | 20 |
Avaldsnes | Avaldsnes | Avaldsnes Idrettssenter | 2013 | 9 |
Brann | Sandviken, Bergen | Stemmemyren Kuntsgressbane | 2004 | 7 |
Kolbotn | Kolbotn | Sofiemyr | 1995 | 27 |
LSK Kvinner | Lillestrøm | LSK-Hallen [4] | 1987 | 35 |
Lyn | Oslo | Kringsjå kunstgress | 2018 | 4 |
Rosenborg | Trondheim | Koteng Arena [5] | 1987 | 35 |
Røa | Oslo | Røa Kunstgress | 2001 | 1 |
Stabæk | Bærum | Nadderud Stadion | 2009 | 2 |
Vålerenga | Oslo | Intility Arena | 2012 | 10 |
Norvegiya ayollar ligasi chempionlari roʻyxati
tahrirMavsum | Chempion | Ikkinchi oʻrin | Uchinchi oʻrin | Liga nomi |
---|---|---|---|---|
1984 | Sprint-Jeløy (1) | Trondheims-Ørn | Nymark | 1. divisjon |
1985 | Nymark (1) | Asker | Trondheims-Ørn | |
1986 | Sprint-Jeløy (2) | Troll | Klepp Grand | |
1987 | Klepp (1) | Sprint-Jeløy | Asker | |
1988 | Asker (1) | Klepp | Trondheims-Ørn | |
1989 | Asker (2) | Sprint-Jeløy | Klepp | |
1990 | Sprint-Jeløy (3) | Asker | Klepp | |
1991 | Asker (3) | Sprint-Jeløy | Sandviken | |
1992 | Asker (4) | Setskog/Høland | Sprint-Jeløy | |
1993 | Sprint-Jeløy (4) | Trondheims-Ørn | Asker | |
1994 | Trondheims-Ørn (1) | Asker | Sprint-Jeløy | |
1995 | Trondheims-Ørn (2) | Setskog/Høland | Sandviken | |
1996 | Trondheims-Ørn (3) | Sandviken | Asker | Eliteserien |
1997 | Trondheims-Ørn (4) | Asker | Klepp | |
1998 | Asker (5) | Trondheims-Ørn | Athene Moss | |
1999 | Asker (6) | Trondheims-Ørn | Klepp | |
2000 | Trondheims-Ørn (5) | Asker | Kolbotn | Toppserien |
2001 | Trondheims-Ørn (6) | Kolbotn | Arna-Bjørnar | |
2002 | Kolbotn (1) | Asker | Trondheims-Ørn | |
2003 | Trondheims-Ørn (7) | Kolbotn | Asker | |
2004 | Røa (1) | Trondheims-Ørn | Fløya | |
2005 | Kolbotn (2) | Team Strømmen | Fløya | |
2006 | Kolbotn (3) | Trondheims-Ørn | Røa | |
2007 | Røa (2) | Kolbotn | Asker | |
2008 | Røa (3) | Team Strømmen | Asker | |
2009 | Røa (4) | Stabæk | Kolbotn | |
2010 | Stabæk (1) | Røa | Kolbotn | |
2011 | Røa (5) | Stabæk | Kolbotn | |
2012 | Lillestrøm SK (1) | Stabæk | Arna-Bjørnar | |
2013 | Stabæk (2) | LSK Kvinner | Arna-Bjørnar | |
2014 | LSK Kvinner (2) | Stabæk | Arna-Bjørnar | |
2015 | LSK Kvinner (3) | Avaldsnes | Røa | |
2016 | LSK Kvinner (4) | Avaldsnes | Stabæk | |
2017 | LSK Kvinner[6] (5) | Avaldsnes | Stabæk | |
2018 | LSK Kvinner (6) | Klepp | Arna-Bjørnar | |
2019 | LSK Kvinner (7) | Vålerenga | Klepp | |
2020 | Vålerenga (1) | Rosenborg | Avaldsnes | |
2021 | Sandviken (1) | Rosenborg | LSK Kvinner |
Chempionlar roʻyxati
tahrirQuyida 1984-yildan beri Norvegiya ayollar ligasida oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan jamoalar roʻyxati keltirilgan.
Chempion jamoalar reytingi
tahrir1984-yildan beri Norvegiya futbolida yuqori diviziyasida quyidagi klublar gʻolib chiqdi.
2021-yilgi mavsum holatiga koʻra:
Reyting | Klub | Chempionlik | Ikkinchi oʻrin | Uchinchi oʻrin |
---|---|---|---|---|
1 | Rosenborg4 | 7 | 8 | 3 |
2 | LSK Kvinner3 | 7 | 5 | 1 |
3 | Asker1 | 6 | 6 | 6 |
4 | Røa | 5 | 1 | 2 |
5 | Sprint/Jeløy2 | 4 | 3 | 3 |
6 | Kolbotn | 3 | 3 | 4 |
7 | Stabæk1 | 2 | 4 | 2 |
8 | Klepp | 1 | 2 | 6 |
9 | Sandviken | 1 | 1 | 2 |
10 | Vålerenga | 1 | 1 | 0 |
11 | Nymark | 1 | 0 | 1 |
12 | Avaldsnes | 0 | 3 | 1 |
13 | Troll | 0 | 1 | 0 |
14 | Arna-Bjørnar | 0 | 0 | 5 |
15 | Fløya | 0 | 0 | 2 |
16 | Grand Bodø | 0 | 0 | 1 |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Vezéráldozattal, de megnyertük a rájátszást“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-may.
- ↑ „Vezéráldozattal, de megnyertük a rájátszást“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-may.
- ↑ „2011 regulations“ 96–97. fotball.no. Qaraldi: 2011-yil 9-oktyabr.
- ↑ „A Női Labdarúgó Bajnokságok oldala“. www.noilabdarugas.hu. 2014-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
- ↑ „A Női Labdarúgó Bajnokságok oldala“. www.noilabdarugas.hu. 2020-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Fotball, Sport | LSK Kvinner seriemester i fotball for fjerde år på rad“ (2017-yil 15-oktyabr).