Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kolleji
Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kolleji – Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahridagi davlat oliy taʼlim muassasasi[1].
Professional collage for preparation of specialist in the sphere of publishing-polygraphic activity | |
Asos solingan sanasi | 1970-yil |
---|---|
Manzili |
100011, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Xamid Rahmatullayev koʻchasi 3 uy |
Veb-sayti | www.tipk.uz |
Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kolleji – Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahridagi davlat oliy taʼlim muassasasi[2].
Tarixi
tahrirUsmon Nosir nomidagi Toshkent matbaa texnikumi 1970-yilda tashkil etilgan. Dastlabki yillarda matbaa mashinalari va uskunalari, yuqori bosma texnologiyasi, broshyuralash va muqovalash sanoati texnologiyasi, kitob savdo tovarshunoshligi, matbaa sanoati korxonalarida rejalashtirish boʻyicha mutaxassislar tayyorlanar edi. 1970-1976-yillarda 620 nafar oʻquvchilarni qabul qilgan. Bu davrda 1 ta oʻquv binosi, 2 ta oʻquv ustaxonasi, sport zali, oshxona, kutubxona mavjud edi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2004-yil 27-yanvardagi 16-sonli buyrugʻiga asosan texnikumga Toshkent matbaa-noshirlik kasb-hunar kolleji deb nom berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PF№ 5653-sonli farmoniga asosan Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassilarni tayyorlash kasb-hunar kolleji nomi berib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufiga oʻtkazildi[3].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2019-yil 31-maydagi 236-sonli buyrugʻiga asosan Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kasb-hunar kollej binosi toʻliq rekonstruksiya qilish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan kapital taʼmirlash rejalashtirildi va joriy yilning dekabr oyida oʻquv jarayoniga topshirildi.
Hozirgi kunda kollejda 5 ta „Matbaa ishlab chiqarish“, „Kutubxonashunoslik“, „Kompyuter tizimlari va majmualari“, „Buxgalter“, „Tikuv buyumlarini konstruktorlashtirish va modellashtitirsh“ yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi, sirtqi, dual taʼlim turlari boʻyicha oʻquvchilar taxsil olmoqda.
Davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Ivan Fyedorov nomli Moskva nashriyot-matbaa kasb-hunar kolleji, Qozogʻiston Respublikasi Anvar Ismoilov nomidagi kasb-hunar kolleji, Toshkent kimyo-texnologiyalar institutlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.
100011, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Xamid Rahmatullayev koʻchasi 3 uy.
Tel: (71) 244-60-50, (71) 244-64-54, (71) 244-60-63 e-mail: nmfsmtkhk@mail.ru
Manbalar
tahrir- ↑ „Высшие учебные заведения“. 2019-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
- ↑ „Высшие учебные заведения“. 2019-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони, 02.02.2019 йилдаги ПФ-5653-сон“.