Nosir Maxmudovich Maxmudov (1950-yil, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, iqtisod fanlari doktori, professor.

Nosir Maxmudov
Tavalludi 1950-yil
Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Taʼlimi Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
Ilmiy darajasi iqtisod fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Nosir Maxmudov 1950-yilda tugʻilgan. 1968—1973-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti talabasi, 1973—1974-yillarda Margʻilon toʻqimachilik texnikumi oʻqituvchisi, 1974—1975-yillarda Buxoro paxta kombinati katta iqtisodchisi, 1975—1977-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti izlanuvchi-tadqiqotchisi, 1977—1980-yillarda Kiyev xalq xoʻjaligi instituti aspiranti, 1980—1984-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti iqtisodiy kibernetika kafedrasi assistenti, 1984—1986-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti iqtisodiy kibernetika kafedrasi katta oʻkituvchisi, 1986-1991-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti iqtisodiy kibernetika kafedrasi dotsenti, 1991—1993-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti doktoranti, 1993—1995-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy kengash kotibi, 1995—1996-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy iqtisodiy axborotlar markazi boshligʻi, 1996—1998-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bojxona ishi kafedrasi mudiri, 1998—2001-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistratura dekani, 2001—2003-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari boʻyicha prorektori, 2003—2005-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistratura dekani, 2005—2006-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiy informatika kafedrasi mudiri, 2006—2010-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, 2010-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektor vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2010—2011-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, 2011—2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi mudiri, 2012—2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2012—2020-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi professori, 2020—2021-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish kafedrasi professori sifatida ishlagan. 2021-yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

80 dan ortiq ilmiy ishlar, shundan 7 tasi oʻquv qoʻllanma va ilmiy monografiya hamda risolalar muallifi boʻlib, ular asosan Oʻzbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni prognozlashtirish, sanoat sohalarini boshqaruv tizimining iqtisodiy tadqiqoti, paxta va yengil sanoat korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyalari tadqiqoti, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish va boshqa ijtimoiy dolzarb muammolarga bagʻishlangan[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE

Havolalar tahrir