Nosix va mansux
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. |
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Nosix va mansux (arab. oʻchiruvchi va oʻchirilgan; nosix mansuxni yoʻqotgani yoki hukmini oʻzgartirgani) – istilohda – avvalgi hukmini keyingisi bilan bekor qiluvchi hadis nosix va bekor boʻlgani mansux deyiladi. Hadislarning nosix va mansuxini aniqlash nihoyatda mashaqqatli muhim fandir. Bu quyidagi qoidalarga asosan bilinadi:
1. Rasululloh (s.a.v.)ning avval aytgan hadislarini keyingisi bilan almashtirganlarini ochiq bayon qilishlari orqali. Masalan, Burayda (r.a.) hadisida Rasululloh (s.a.v.) „Men sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim, endi ularni ziyorat qilaveringlar, chunki, qabrlar oxiratni eslatadi“, deganlar.
2. Sahobiyning soʻzi orqali. Sahobiy, Rasululloh (s.a.v.)ning falon ishlari, falon ishlaridan keyin sodir boʻlgan, deydi. Masalan, Jobir (r.a.)ning Rasululloh (s.a.v.)ning soʻnggi ikki buyruqlaridan biri – oʻt tekkan narsadan tahorat qilinmaslikka buyurishlari boʻldi, degan hadisi. Yaʼni olovda pishgan narsadan yeb, tahorat qilib boʻlmasligini aytganlar.
3. Tarixni aniqlash, yaʼni hadislarning aytilgan vaqtini: qaysi biri avval, qaysi biri keyin ekanligini bilish orqali. Masalan, Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.): Qon oldirish va qon quyish roʻzani ketkazadi, deganlar. Boshqa Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.)ning ehromda va roʻzadorlik holatda qon oldirganliklarini Abdulloh ibn Abbos aytgan. Birinchi hadis Makka fathida aytilgan. Ikkinchisi esa vidolashuv haji vaqtida aytilgan.
4.Ijmoning koʻrsatishi bilan. Masalan, Imom Dorimiy rivoyat qilgan hadisda: „Kim mast qilguvchi ichimlik ichsa uni darralanglar, agar toʻrtinchi marta ichsa oʻldiringlar“ degan. Imom Navaviy bu hadisni ijmo nasx qilganini aytgan. Ammo ijmo nasx ham, mansux ham qilmaydi, balki nosixni koʻrsatadi. Nosix va mansux boʻyicha Ahmad ibn Hanbalning „an-Nosix va-l-mansux“ asari mavjud[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 309.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.