Nouveau riche

kambag'al qatlamdan chiqqan boy inson

Nouveau riche (fransuzcha „yangi boy“) — oilaviy merosga tayanmasdan mashhurlikka erishgan yoki boy boʻlgan insonlar uchun ishlatiladigan sotsial qatlam atamasi[1]. Bunday insonlar avval quyi qatlamda boʻla turib, vaqt oʻtishi bilan boyib ketadi hamda yuqori qatlam vakillari bilan bir xil darajaga ega boʻladi. Nouveau riche atamasi tahqirlovchi atama boʻlib, ijtimoiy tabaqalardagi dunyoviy tajriba hamda eski pul qadriyatlarini oʻzlashtirmagan, merosxoʻr yoki zodagon oila farzandi boʻlmagan quyi tabaqadan chiqqan yangi boylarga nisbatan ishlatilgan.

Tarixi

tahrir

Nouveau riche gʻoyasi ilk bor miloddan avvalgi VIII asrda Qadimgi Yunonistonda paydo boʻlgan[2]. Miloddan avvalgi VI asrda shoir va aristokrat Megaralik Theognis (Theognis of Megara) shunday yozgan: „Oldinlari na qonun va na odob-axloq qoidalarini biladigan bir qabila bor edi. Hozir bu odamlar zodagonlar, oldingi jentlmenlar esa axlatga aylandi“[3]. Rim Respublikasida novus homo („yangi odam“) atamasi ham nouveau riche bilan bir xil maʼnolarni anglatgan.

Sotsial status

tahrir

Ijtimoiy tabaqani boylik va boylik qudrati bilan aniqlash mumkin. Yuqori, hukmron tabaqalar „…oʻz shaʼni va maʼnaviy ustunlik daʼvolari“ bilan bu statusga qonuniy ega chiqishlari taʼkidlanadi. Hukmron tabaqalar „qon va nasl-nasab“ tushunchalari orqali merosning maʼlum bir qismini talab qiladilar[4]. Nouveau riche ikki ijtimoiy farqlarni taʼkidlash uchun avloddan-avlodga meros boʻlib qolgan boylikka ega boʻlgan eski ijtimoiy sinfga qarshilik qilish uchun yaratilgan.

Nouveau pauvre

tahrir

Nouveau pauvre tushunchasi (fransuzcha: „yangi kambagʻal“) oldin boy boʻlgan lekin butun boyligidan ayrilgan odamlarga nisbatan, yaʼni Nouveau richega antonim sifatida ishlatiladi[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Nouveau Riche“. Merriam Webster.
  2. Gill, David H. „Anti-popular Rhetoric in Ancient Greece“, . Wealth in Western Thought. Westport, CT: Praeger, 1994 — 13–42-bet. ISBN 0-275-94677-0. 
  3. Theognis 1973 "Elegies." Hesiod and Theognis. Harmondsworth: Penguin.
  4. Burris, Val (2000). "The Myth of Old Money Liberalism: The Politics of the 'Forbes' 400 Richest Americans". Social Problems (CA: University of California Press) 47 (3): 360–378. doi:10.2307/3097235. https://archive.org/details/sim_social-problems_2000-08_47_3/page/360. 
  5. Rich, Laura „Recession Lexicon: Nouveau Poor“. Recessionwire (2009-yil 15-iyun). 2009-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-iyun.