Novatorlik (lotincha — novator) — yangilovchi, yangilanuvchi. Adabiyot va sanʼatdagi yangilanish „novatorlik“ soʻzi bilan ifodalanadi. Novatorlik adabiy jarayon bilan bogʻliqdir. U adabiy anʼana bilan mustahkam aloqada boʻlib, keyinchalik oʻzi adabiy anʼanaga aylanuvchi adabiy-estetik hodisadir. Oʻzbek adabiyotida XX asrda shakl va mazmun jihatidan tubdan yangilandi. Bunga Mahmudxoʻja Behbudiy, Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy singari ijodkorlarning saʼy-harakati, ijodiy intilishlari tufayli erishildi. Ular adabiyotni mavjud voqelikka yaqinlashtirib, unga drama, roman singari yangi janrlarni olib kirishdi. Novator ijodkorlarning intilishlari tufayli aruz sheʼr tizimi oʻrnini turkiy tilga xos barmoq sheʼr tizimi egalladi, adabiy til jimjimador balandparvozlikdan xoli boʻldi. Oʻzbek adabiyoti Yevropa adabiyotiga xos yangi janrlar bilan boyidi. Bir necha yuz yil davomida shakl-shamoyili oʻzgarmasdan kelgan oʻzbek adabiyoti gʻoyat qisqa vaqt — bir necha yil ichida 302 303 mazmun va shakl jihatidan tamoman yangilanib, uning mavzu doirasi kengaydi, avvalgi zamonlarga qiyoslaganda, hayot voqeligiga yanada yaqinlashdi. Ana shu davrda adabiyot toʻgʻrisida tasavvur oʻzgarib, adabiyot mavjud hayot voqeligini aks ettiruvchi oʻziga xos oynaga aylandi. Oʻtgan zamonlarda oʻzbek adabiyoti qiyofasini gʻazal, doston belgilagan boʻlsa, XX asrdan eʼtiboran bu mezon yangilandi. Bu davrga kelib, oʻzbek adabiyotida roman, qisqa, drama janrining salmogʻi ortib, barmoq undagi asosiy sheʼr tizimiga aylandi.

Adabiyotda anʼanaviylik tushunchasi

tahrir

Anʼana novatorlik masalasi vorislik qonuniyatining namoyon boʻlishi demakdir. Anʼana oʻtmish adabiyotidan olgan eng ajoyib gʻoyaviy— badiiy boyliklar, kelajak davr adabiyotidan rivojlantiradigan oʻtmish adabiyoti yoki boshqa xalqlarning adabiyotlarining eng yaxshi yutuqlari adabiy anʼanalari boʻladi .Jumladan, Navoiy oʻzining asarlarida insonparvarlik 'koʻramonlik, xalqlar doʻstligi 'zulm va razolatga nafrat gʻoyalari keyingi yozuvchilar tomonidan davrlar mobaynida rivojlantiriladi.