Novgorod viloyati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Novgorod viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1944-yil 5-iyulda tashkil etilgan. Rossiya Yevropa qismining shimoli-gʻarbida joylashgan. Shimoli-Gʻarbiy iqtisodiy rayon tarkibida. Maydoni 55,3 ming km². Aholisi 728,7 ming kishi (2000), asosan ruslar, shuningdek, ukrain, belorus va boshqa millat vakillari yashaydi. Shahar aholisi 71,2%. 21 maʼmuriy tuman, 10 shahar, 22 shaharcha bor. Markazi– Novgorod shahri
Novgorod viloyati relyefiga koʻra, tekislik (gʻarbiy) va baland (sharqiy) qismlarga boʻlinadi. Gʻarbiy qismi Ilmen boʻyi pasttekisligi bilan band. Janubi-sharqida Valday qirlari (eng baland joyi – Rijoxa togʻi, 299 m) joylashgan. Iklimi moʻʼtadil kontinental. Qishi yum-shoq, qorli. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 7°, iyulniki 16°. Yozi moʻʼtadil issiq. Yillik yogʻin 800 mm gacha. Vegetatsiya davri 120–130 kun. Yirik daryolari: Meta, Lovat, Polist, Shelon. Ilmen koʻlidan Volxov daryosi boshlanib Ladoga kuliga quyiladi. Koʻl koʻp. Tuproqlari, asosan, chimli-podzol, shim,gʻarbida botqoqlangan tuproklar. Viloyat hududining 50% oʻrmon, 7% oʻtloq, 11% torfli botqoqzor. Yovvoyi hayvonlardan los, tulki, qunduz, norka, sassiqkoʻzan, suvsar, tiyin, quyon, boʻri bor. Daryo va koʻllarda baliq turi koʻp.
Mashinasozlik va metallsozlik (rangli televizorlar, videomagnitofonlar, televizion sistemalar, optik priborlar, yogʻochsozlik stanoklari, avtomatlashtirish vositalari va boshqalar), oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyuloza-qogʻoz (mebel, qogʻoz, fanera va boshqalar), oziq-ovqat (sutgoʻsht, konserva, konditer), kimyo (mineral oʻgʻitlar, metanol va boshqalar), yengil (shu jumladan, zigʻirga ishlov berish) sanoatlari, xalq hunarmandchiligi – kashtachilik ("Krestets strochka" fabrikasi) rivojlangan. Viloyatning, eng yirik korxonalari: "Akron", "Kvant", "Planeta", "Start", "Volna", "Spektr", (hammasi Novgorod shahrida); Borovichidagi oʻtga chidamli qurilish materiallari kombinati, Staraya Russadagi "Starorusspribor" aviaremont zavodlari. Qishloq xoʻjaligida zigʻirchilik va goʻsht-sut chor-vachiligi asosiy oʻrinda. Bugʻdoy, jav-dar, suli, tolali zigʻir, kartoshka, sabzavot, yem-xashak ekinlari ekiladi. Qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. 1149 km temir yoʻl, 6 ming km ga yaqin avtomobil yoʻli, 700 km suv yoʻli bor. Volxov, Meta daryolari va Ilmen, Valday koʻllarida kema qatnaydi. 2 oliy oʻquv yurti, jamoat kutubxonalari, 7 muzey, drama teatri faoliyat koʻrsatmoqda. Viloyat hududida Staraya Russa balneobalchiq kurorti, sanato-riylar bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |