Novvot
Novvot — shakar qiyomidan tayyorlanadigan yaltiroq, qattiq, rangsiz yoki sargʻish tusli shirinlik. Yirik qand kristallaridan iborat. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Tarkibida 99,75% saharoza (shakar moddasi) mavjud. Namligi 1% dan oshmaydi.
Novvot tayyorlash texnologiyasi: qozonga 2 ulush shakar vah 1 ulush suv (Mas, 10 kg shakarga 5 l suv) solib, miltillatib qaynatish yoʻli bilan sharbat hosil qilinadi. Sharbatni yaxshilab aralashtirib, koʻpik hosil boʻlguncha qaynatiladi, koʻpikni olib tashlab, qaynatish toʻxtatiladi. Sharbatga tuxum (80— 100 kg shakarga 1 l suvga chaqilgan 1 dona tuxum) qoʻshiladi. Sharbatni yana qaynatib, koʻpigi olib turiladi. Soʻngra maxsus qozonga 3—4 qator oq ip pa-rallel tortiladi. Iplarning uchini birlashtirib, yelim bilan yopishtirib qoʻyiladi. Boshqa qozonda qaynab turgan sharbat ip tortilgan qozonga quyiladi, 1 soatcha turgandan keyin sharbat sirtida parda hosil boʻladi. Qozonni maxsus qopqoq bilan yopib, uch sut-ka shu holicha qoldiriladi. Bu davrda iplar atrofida kristallar hosil boʻlib, oʻsa boshlaydi. Uch sutkadan keyin qopqoqni ochib, qozonda qolgan sharbat boshqa idishga quyib olinadi. Undan qandolat mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. Qozon tagiga yopishib qolgan novvot ham isteʼmol qilinadi. Kristallar yopishgan iplarni qozondan olib, stolda quritiladi. Novvot shu ipi bilan sotishga chiqariladi. Bu novvot duri deyiladi (65% cha dur chiqadi). Novvotni kundalik shirinlik sifatida isteʼmol qilish mumkin.
Galereya
tahrir-
Shakarlangan qamish shakar
-
Sharqiy Friziyadan shakar
-
Eronda shakar (novvot)
-
Samarqand shakar (novvot)
-
Qo'shma Shtatlarda sotiladigan rangli va xushbo'y konfetlar
-
Oq shakarlangan novvot
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |