Nurali Bobomurodov (1978-yil 17-fevral, Surxondaryo, O'zbekiston SSR) – iqtidorli musavvir. 1992-yili „Ona Hindiston“ turkum asarlari uchun Jawaharlal Nehru nomidagi stipendiyaga sazovor boʼlgan.[1]

Ona Hindiston

Nurali Bobomurodov 1991-yili bolalar badiiy ijodiyoti respublika markazida oʼtkazilgan „Hindiston – Ekvador – Oʼzbekiston“ bolalar ijodiy koʼrgazma-tanlovida „Ona Hindiston“ triptixi bilan qatnashgan. Mazkur asari uchun u 1992-yili Hindiston hukumatining Jawaharlal Nehru nomidagi stipendiyasini olishga muvaffaq boʼlgan. Shu bilan birga uning turkum asarlari Hindistonning „Hindiston“ jurnali sahifalarida eʼlon qilingan.[2]

Yosh musavvir 1991-yil Volgograd (Rossiya) shahrida oʼtkazilgan VIII xalqaro koʼrgazma tanlovda qatnashib, akvarelda ishlagan turkum asarlari uchun diplom va maxsus sovrinni qoʼlga kiritgan.[3]

Nuralining asarlarida ona-Vatanimizning betakror chiroyi, bunyodkor zamondoshlarimiz qiyofasi oʼz ifodasini topgan. [4]

Manbalar

tahrir