Nuriddin Muftizoda
Nuriddin Muftizoda (1904 Toshkent- v.n) – musahhih, teatr rejissori,
Nuriddin Muftizoda | |
---|---|
Tavalludi |
1904 y Toshkent |
Vafoti | Noma'lum |
Fuqaroligi | Chor Rossiyasi-O'zSSR |
Kasbi | Musahhih, rejissor |
Partiyasi | Kommunistik |
Tarjimai holi
tahrirNuriddin Muftizoda jadidchilik harakatining taniqli yetakchilaridan biri – Salohiddin Muftizodaning ukasi, shoʻro tuzumining beayb qurbonlaridan biri. 1916 yilgacha Munavvarqori maktabida tahsil olgan. 1918-1919 yillarda ziyoli Said Ahroriyning “Vatan” maktabida oʻqigan. [1]
Faoliyati
tahrirSoʻngra, komsomol tashkilotiga kirib, Toshkent shahar Shayxontohur daha komsolida kotib va ayni bir paytda Eski shahar mahalla komissiyasi byurosida kotiblik vazifalarida ishlagan. U 1925 yilda MK komsomol tashabbusi bilan Bokuga oʻqishga borgan. N.Muftizoda 1926-1932 yillar Toshkentda A.Ikromov nomidagi bosmaxonada musahhih vazifasida ishladi. 1932 yil Oʻzbekiston komsomoli tomonidan Oʻzbekiston ishchi-yoshlar teatrini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilindi. N.Muftizoda bu ishga mas’ul etib belgilandi va shu teatrda direktor, badiiy rahbar lavozimlarida 1937 yilgacha faoliyat olib bordi.
1937 yildagi mustabid tuzumning qatagʻoni N.Muftizodani ham chetlab oʻtmadi. 1937 yil avgustda N.Muftizodani qamoqqa olish toʻgʻrisida qaror chiqarildi va unga Oʻz SSR JKning 66-moddasining I qismi bilan ayb qoʻyildi. 1937 yil 9 avgustda order berilib, Nuriddinga tegishli Toshkent shahri, Oktyabr tumani, „Oʻtkir“ mahallasi, 22-uyda tintuv oʻtkazilgan. Ammo, yosh teatr direktori N.Muftizoda oʻziga qoʻyilgan barcha ayblarni rad etadi. 1937 yil 25-avgust kuni oʻtkazilgan ilk soʻroqda N.Muftizoda barcha yaqinlari va doʻstlarini sanab beradi.
OʻzSSR NKVD 3-boʻlim kichik leytenanti Abdullayev tomonida tayyorlangan ayblov xulosasida Nuriddin Muftizodaning biror gapi kiritilmagan. Unga Nuriddinning ikki marta odam oʻldirishda ayblanib, qamoqqa olingani, Munavarqqori va Salomxon Tillaxonovlarning sovet tuzumiga qarshi guruhda boʻlgani yoziladi. Yuqoridagi ayblar bilan N.Muftizodaga O’zSSR JKning 66 moddasi I qismi qoʻllanadi. 1937 yil 21 noyabr kuni boʻlgan „Uchlik“ sudi qarori bilan 10 yilga MTLga surgun qilindi. 1938 yil 8 yanvar kuni Uglichga keltirilgan Nuriddin Muftizoda Volgastroy MTLda ogʻir sharoitda ishlashga majbur qilindi.
N. Muftizoda 1938 yil 31 oktaybrda SSSR prokurori Vishinskiyga, 1939 yil 2 sentyabrda OʻZSSR prokurori nomiga, 1939 yil 8 sentyabrda SSSR General komissari Beriyaga, 1940 yil 19 may kuni OʻzSSR NKVDsi Sudyalari nomiga shikoyatlar yozgan. Ammo 1940 yil 15 iyunda uning barcha arizalari rad etildi.
Jazoni oʻtab qaytgandan soʻng, N.Muftizoda Boʻstonliq tumaniga akasi Salohiddin Muftizodaning oldiga keladi. Biroq akasi qaytadan qamoqqa olingach, N.Muftizoda uning uyidan chiqib ketadi va „izsiz“ gʻoyib boʻladi. 1965 yil 22 aprelda N.Muftizoda Yuqori Chirchiq tumani, Yangibozor posyolkasi, Budyonniy koʻchasi 47-uydan OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumi Yo. Nasriddinova nomiga ariza yozadi. 1965 yil 8 iyulda OʻzSSR Oliy Sudining jinoiy ishlar bo;yicha sud kollegiyasi N.Muftizodani aybsiz deb topadi va 1937 yil 21 noyabrdagi NKVD „uchlik“ qarorini bekor qildi. [2]
Manbalar
tahrir- ↑ „Nuriddin-muftizoda-muftizodalar-qismati-2-qism“ (2022-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
- ↑ «Toshkent» ensiklopediyasi., 2009 yil..