Nuriya Munirovna Akchurina-Muftiyeva (1958-yil 5-yanvar Namanganda tugʻilgan) — sovet, ukrain va rus[1] sanʼatshunosi, arxitektura fanlari nomzodi, sanʼat fanlari doktori. Qrim Avtonom Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (2013)[2].

Nuriya Achkurina-Muftiyeva
Tavalludi 5-yanvar 1958-yil (1958-01-05) (66 yosh)
Namangan, O'zbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi sanʼatshunos
Ish joylari KIPU, M. Osimi nomidagi Tojikiston texnika universiteti
Ilmiy darajasi Kandidat, Doktor

Biografiyasi tahrir

Maʼlumoti — Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti (1980), TsNIIEP oʻquv binolari aspiranturasi (Moskva). Bu yerda, 1987-yilda u — Bino va inshootlar arxitekturasi ixtisosligi boʻyicha „Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar uchun mehribonlik uylari va bolalar uylarini loyihalash tamoyillari“ mavzusida arxitektura fanlari nomzodi uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi (Moskva, 1986), Ukraina IIPE NAS doktoranti boʻldi (2007).

Tojikiston politexnika institutida o‘qituvchi (1986—1992), Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida dotsent (1992—1996), Qrim muhandislik-pedagogika universitetida o‘qituvchi (1997-yildan) bo‘lib ishlagan. 1998-yil sentyabrdan — dotsent. 1999-yil sentabrdan — „Maktabgacha taʼlim pedagogikasi va boshlang‘ich taʼlim metodikasi“ kafedrasi dotsenti. 2004-yilda  „Maktabgacha pedagogika“ kafedrasi dotsenti bo'lgan. 2004-yilda „Tasviriy va dekorativ-amaliy sanʼat“ kafedrasiga dotsent lavozimiga oʻtkazildi. 2007-yildan bu kafedra mudiri, 2013-yilda bo‘linib ketganidan so‘ng dekorativ sanʼat kafedrasi mudiri boʻlgan.

2004—2007-yillarda  Ukraina Milliy Fanlar akademiyasining Sanʼat tarixi, folklor, etnologiya instituti doktoranti (Kiyev). 2009-yilda Lvov Milliy Badiiy akademiyasida u „XV-XX asrning birinchi yarmi Qrim tatarlarining dekorativ-amaliy sanʼati“ mavzusida sanʼatshunoslik fanlari doktori ilmiy dissertatsiyasini himoya qildi[3].

2012-yilda „Tasviriy va dekorativ-amaliy sanʼat“ kafedrasi professori ilmiy unvoni berilgan.

ARXM Vazirlar Kengashining (2003), Oʻzbekiston Taʼlim va fan vazirligining (1999) faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Qrim Rossiyaga qo‘shib olingandan keyin u Rossiya fuqaroligini qabul qilib, ilmiy faoliyatini Qrimda davom ettirdi. 2016-yil uchun Qrim Respublikasi Davlat mukofoti laureati boʻldi[4].

Tadqiqot va bibliografiya tahrir

Arxitektura fanlari nomzodi (1987). Sanʼat fanlari doktori (2009). Faoliyatning ilmiy yoʻnalishi Qrim meʼmorchiligi va sanʼati tarixi, islom va nasroniy madaniyatlarining muloqoti va aloqasi, koʻp millatli Qrimdagi zamonaviy badiiy jarayonlardir. 100 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi. Monografiyalar:

  • Terminologicheskiy slovar krimskotatarskogo dekorativno-prikladnogo iskusstva / Nuriya Akchurina-Muftieva; [nauch. red. M. Selivachev].- Simferopol: [Krimuchpedgiz], 2007.— 120 b.
  • Akchurina-Muftieva, N. M. Dekorativno-prikladnoe iskusstvo krimskix tatar XV— pervoy polovini XX vv.: (Etapi razvitiya, tipologiya, stilistika, xudojestvennie osobennosti): monografiya / N. N. Akchurina-Muftieva; KIPU, In-t iskusstvovedeniya, folkloristiki i etnologii im. M. Rilskogo NAN Ukr.; otv. za vip. N. R. Karamanov. Simferopol: OAO „Simferopol. gor. tip.“(SGT), 2008.— 392 b.

Manbalar tahrir

  1. Nauchnaya biblioteka Krimskogo federalnogo universiteta imeni V. I. Vernadskogo[sayt ishlamaydi]
  2. „О награждении работников различных отраслей“. Верховна Рада України. Законодавство АР Крим. 2021-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
  3. „Акчуріна-Муфтієва Нурія Мунірівна (доктор наук)“ (uk). irbis-nbuv.gov.ua. 2021-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-sentyabr.
  4. „О присуждении Государственной премии Республики Крым за 2016 год“. Государственный совет Республики Крым. 2021-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.

Havolalar tahrir