Nurjan Sultamuratovich Matjanov (1974-yil 21-mart, Nukus, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR) — qoraqalpogʻistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Nurjan Matjanov
Tavalludi 21-mart 1974-yil (1974-03-21) (50 yosh)
Nukus, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Nukus davlat pedagogika instituti
Taʼlimi Nukus davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi filologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Nurjan Matjanov 1974-yil 21-martda Nukus shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan[1]. Millati qoraqalpoq. Maʼlumoti oliy. Hozirda Nukus davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti dotsenti[2].

Ilmiy faoliyati tahrir

2018-yili 20-dekabrda „Uzluksiz taʼlim tizimida kvant tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishda izchillik“ mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan va pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan[1]. Nurjan Matjanov „Uzluksiz taʼlim tizimida kvant tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirishda izchillik“ monografiyasi, „Fizika oqytyoʻ metodikasy“ darsligi, „Kvant fizikasin oqitiw metodikasi“ oʻquv-metodik qoʻllanma, „Yarimoʻtkazgichlar fizikasini oʻqitishning zamonaviy asoslari“ oʻquv-uslubiy qoʻllanma, „Astronomiya kursininʼ uliwma astronomiya moduli ushin maʼseleler toplami“ oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi. 2022-yili 7-dekabrda Toshkent davlat pedagogika universitetida „Pedagogika oliy taʼlim tizimida oʻqitilayotgan kvant nazariyasining metodologik va didaktik asoslari“ mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan va pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 
  2. „O’QITUVCHILAR“. 2023-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.

Andoza:OʻTOE