Nurmuhammed Amannepesov
Nurmuhammet Kakabayevich Amannepesov (1965-yil, Kelteminar, Toʻrtkoʻl tumani, Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – turkman siyosatchisi, Turkmaniston sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vaziri .
Nurmuhammed Kakabayevich Amannepesov | |
---|---|
Turkmaniston sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vaziri | |
Mansab davri 2013-yil 6-iyuldan | |
Prezident | Serdar Berdimuhamedov |
Oʻtmishdoshi | Gurbanmammet Elyasov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1965-yil Kelteminar, Toʻrtkoʻl tumani, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Turkmaniston |
Kasbi | kardiojarroh |
Dini | islom |
Biografiyasi
tahrir1965-yilda Oʻzbekiston SSR Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani Kelteminar qishlogʻida tugʻilgan.
1988-yilda Turkman davlat tibbiyot institutini kardiojarroh mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Universitetni tugatgach, A. N. Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi institutida vaqtinchalik amaliyotchi sifatida ishlagan.
1990-yilda Turkmanistonga qaytgach, 1992-yilgacha Ashxobod profilaktika va klinik tibbiyot ilmiy-tadqiqot institutida yurak-qon tomir jarrohi boʻlib ishlagan. 1992—1995-yillarda shu institut aspiranturasida tahsil olgan. 1996—1998-yillarda profilaktika va klinik tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti xirurgiya boʻlimida avval ilmiy xodim, soʻngra yetakchi ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan.
1998—2002-yillarda S. A. Niyozov nomidagi Xalqaro tibbiyot markazi jarrohlik boʻlimida kardiojarroh.
2002—2003-yillarda Turkmaniston Sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligining Xalqaro tibbiyot markazlari direksiyasi davolash-profilaktika ishlarini tashkil etish boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
2003—2009 yillarda – Turkmaniston Sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligining Xalqaro tibbiyot markazlari direksiyasi bosh direktori.
2009-yilda Turkmaniston sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirining davolash-profilaktika ishlarini tashkil etish boʻyicha oʻrinbosari.
2010—2013-yillarda Turkmaniston Sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi yuqumli kasalliklar markazlari direksiyasi bosh direktori lavozimida ishlagan.
2013-yilning fevralidan iyuligacha Turkmaniston Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi sogʻliqni saqlash boʻlimiga rahbarlik qilgan.
2013-yil 5-iyulda Turkmaniston sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vaziri etib tayinlangan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „Кадровые назначения в сфере здравоохранения“ (ru). Государственное информационное агентство Туркменистана (TDH) (2013-yil 5-iyul). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-noyabr.