Nurota qoyatosh rasmlari — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: Aniqlanmagan. Navoiy viloyatining Nurota tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Turko“ MFY Chashma qishloq aholi punkti. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Navoiy viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida.. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2].

Qoyatoshlarga ishlangan V-VI asrlarga oid petrogliflar, tog’ tepasidagi ko’hna qo’rg’on qoldiqlari, XI-XVIII asrlarga oid toshga o’yilgan yozuvlar hamda qishloqning eng yuqori nuqtasidagi Fozilmon ko’li manzaralari mehmonlarni hamisha qiziqtirib keladi. Jumladan Sentob qishlog’idan 12 km uzoqlikdagi “Qoratog’” qoyatoshlarida ko’plab ko’hi uslubdagi arab grafikasidagi yozuvlar, Qur’on oyatlardan fragmentlar hamda qadimiy qo’rg’onlarni ko’plab uchratish mumkin.

Qoyatoshlar oralab borarkansiz, haqiqatan ham toshlarga o’yilgan suratlarga duch kelasiz. Ularga boqib, bundan ming yillar oldin odamlar bu hududda qanday hayvonlarga duch kelganini tasavvur qilish kishiga zavq bag’ishlaydi. Qoyatoshlar juda ko’p va siz o’zingiz minglab yillar avval chizilgan suratlarni izlagan sayin topaverasiz. Bular hali ham deyarli tadqiq etilmagani hayratingizni oshiradi. Hayvonlar shaklidan tashqari, ayrim yozuvga o’xshash bir xil belgilarga tez-tez duch keldik. Ammo uning qanday belgi ekani, yozuvmi yo tasodifiy o’xshashlikmi, bilish qiyin. Hayvonlar surati esa aniq-tiniq ko’rinib turardi. Qolaversa, ularning bir qanchasini o’rgangan olimlar haqiqatan ham qadimiy ekanini aytib turibdi. Bu yerda tosh asridan buyon ming yillar davomida odamlar yashab kelgan, keyinchalik nima sababdanligi noma’lum — o’rtada yana kimsasiz makonga aylangan. Hozir esa ushbu qishloqda o’ttiz chog’li xo’jalik istiqomat qilmoqda, xolos.

Endi masalaning og’riqli tomoniga o’tamiz. Mana shunday betakror tabiat, eng muhimi, qadimiy va noyob madaniy boyliklarning rostdan ham xavf ostida ekaniga guvoh bo’ldik. Ehtimol, suratlar o’yilgan bu qoyatoshlarni kimlardir sindirib, xorijda yuz minglab dollarga sotyapti, deb o’ylarsiz. Yoki kimdir ularni sekin-asta shaxsiy kolleksiyalari uchun tashib ketyaptimi, dersiz?

Har holda juda qadimiy bu madaniy-ma’naviy merosni avvaylashga barchamiz mas’uldirmiz

Manbalar

tahrir