Nursadarfiya
Nursafardiya Tariqat asoschisi Saparboy Kushkarov
1952-yili Baxmal tumanidagi Uzunbuloq qishlog'ida
tug'ilgan. Maъlumoti oliy. O'zbekiston Jahon tillari
institutini tamomlagan. Bir necha chet davlatlarda,
jumladan, Hindiston va Tibetda safarda bo'lgan. O'tgan
asrning oxirgi o'n yilligida hech qanday diniy bilimga ega
bo'lmagan holda va biror bir tayinli tariqat vakilidan
irshod-yo'llanma olmay turib o'zini pir, shayx deb atay
boshladi va yangi tariqat tuzganini eъlon qildi.
Agar tarixga nazar solib, tafakkur qilinsa, tasavvuf
tariqatlari o'z-o'zidan, kimningdir ixtiyori bilan tashkil
etilmagani, ularning har biri Rasululloh (a.s.)ga etadigan
silsilaga ega ekani ko'rinadi. Masalan, butun islom
olamiga dong taratgan naqshbandiya tariqati misolida
ko'radigan bo'lsak, uning vujudga kelish va shakllanish
davri Abdulxoliq G'ijduvoniydan (1103-1179) Bahouddin
Naqshbandgacha (1318-1389) deyarli 300 yilga cho'zilgan.
Bundan tashqari, Naqshbandiya tariqatining shakllanishiga
xizmat qilganlarning barchasi islom ilmlaridan boxabar
etukulamolar bo'lgan. Nursafardiya faoliyatiga asos solgan
Saparboy Kushkarov sufiylikning shakllanishi haqidagi
mulohazalari hozirgi davr ilmiy asoslariga to'g'ri
kelmaydi: «So'fiylik tizimining paydo bo'lish davri Odam
(a.s.)ning uchinchi o'g'li Shish (Shis) (a.s.)ga borib taqaladi.
Aynan bu davrda Alloh Shishga 60 oyatlik kitob jo'natdi.
Shundan bir qismida ilohga erishish yo'llari ko'rsatilgan
bo'lib, ikkinchi qismi inson salomatligiga bag'ishlangan.
So'fiylik insonni to'rt darajada mukammallika
erishtirib, iloh bilan to'g'ridan-to'g'ri munosabatda bo'lish
va undan ilohiy amallarni olgan holda insonlarga xizmat
qilishdir. So'fiylik ayrim davrlarda u yoki bu dinda
bo'lishga majbur bo'lgan. Yaъni o'zini saqlab qolish uchun.
Aslida u hech qanday din va falsafa bilan bog'lanmagan
holda o'zi mukammal tizim sifatida paydo bo'lgan. Aynan
so'fiylik har qanday dinning rivojlanishiga va uning
yoyilishiga o'z taъsirini o'tkazib kelgan. Lekin ulardan
ayri holda rivojlangan», - deydi.
Bu fikr tasavvuf borasidagi mo'ъtabar asarlarda bayon
qilingan qarashlarning hech biriga uyg'un kelmaydi. Boz
ustiga, mana shunday fikrlarni turli yo'llar bilan
xalqimiz ongiga singdirishga uriniladi. Masalan:
«Tasavvufda Nursafardiyya maktabining
amaliyotdagi 5 nimadur? U o'z g'oyalariga asoslanib, moziy tariqatlardan farqli ravishda sufiy nazariyotidan sufiy amaliyotiga qadam qo'ygan birinchi va yagona sarchashmadir. Tariqat yo'lida o'n to'rt qadam Nursafardiyya maktabining asosiy mezonidir. Nursafardiyya maktabi sufiy tabobati, sufiy jang sanъati, sufiy nafasiyoti, sufiy sheъriyati, sufiy harakiyoti mazmun-mohiyati bilan xalq orasiga kirib bordi», - deyiladi. Nursafardiyaning Jizzax va Toshkent shaharlarida markazlari faoliyat yuritgan. Bu markazlarda sufiy nomi bilan bog'langan turli faoliyatlar olib borilgan. Saparboy Kushkarovga tegishli deb hisoblanadigan bir qancha risola va kitoblar nursafardiya tariqatining g'oyaviy asosi bo'lib xizmat qiladi. Unga nisbat berilayotgan «asar»larning yozilish uslubi ham, mavzular doirasi ham yaxlit emas. Umuman mazkur kitob va risolalar bir kishi tomonidan yozilganiga ishonish qiyin. Tilshunoslik jihatidan ham bu holat yaqqol ko'zga tashlanib turishini qayd etish lozim. Shuning uchun ularni shartli ravishda muqovada ko'rsatilgan Saparboy Kushkarov qalamiga mansub, deyish mumkin:
- So'fiy nafasiyoti; - Nursafardiyya olamida zikriy raqslar va xoreografiya nomli disk; - Nursafardiyya sheъriyat xazinasi; - Nursafardiyya ilohiy falsafasi; - Nursafardiyya tafakkur tarbiyasi; - So'fiy gimnastikasi; - Tanlangan asarlar; - O'zlikni anglash xiyoboni; - So'fiy sheъriyati. - Ushbu kitoblarda tariqatning hozirgi holati haqida
keltirilgan maъlumotlarning hammasi ham xolis voqelikni aks ettiradi, deb bo'lmaydi. Go'yoki, Saparboy Kushkarovning O'zbekistonda 25000dan ortiq muridlari borligi, uni ko'pgina chet el davlatlarida ham yaxshi tanishlari haqidagi gaplar haddan ortiq bo'rttirib yuborilgan. Aslida, «So'fiy tabobati» markazlariga shifo istab borganlarining aksariyati ham Kushkarovning «murshidligi» to'g'risida juda mavhum tasavvurga egaligi maъlum bo'ldi. Ko'pchilik uni xalqona usulda davolovchi tabib deb biladi va uning «tafakkur mahsullariga» beeъtibor munosabatda bo'ladilar. Kushkarovga kitoblardagi gaplarni yozishda qaysi manbalarga tayanilgan, deb so'ralganda, u o'z «asar»larini bevosita Xudodan ilhom orqali olishini aytgan. «Ilhom namunalari» til va uslub jihatdan turlicha bo'lib, buning ustiga, ko'pchiligi mazmunan sayoz jumlalar yig'indisidan iborat. Ayrim namunalarda islom muqaddas dinining manbalari, xususan Qurъoni karim oyatlari noto'g'ri, sharq yakka kurashi usullariga moslab, maъnosi buzib talqin qilingan. Mazmunan diniy hisoblangan mazkur kitobchalarning birortasi Din ishlari bo'yicha qo'mita ekspertizasidan o'tkazilmasdan, tegishli ruxsatnomasiz nashr etilgan. Bu esa ajdodlarimizning muqaddas dini - islomga nisbatan behurmatlik, respublika qonunlariga nisbatan bepisandlik, qonunlarni qo'pol ravishda buzishdan boshqa narsa emas. Bu masalada nursafardiyaning faoliyatini ijobiy baholab bo'lmaydi. [1][2] [3] [4] [5] [6] [7] [8]
Manbalar
tahrir- ↑ Hakim Termiziy. Navodir al-usul. - Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.
- ↑ Xatm al-avliyo. - Bayrut, 1965
- ↑ Kalobodiy, Аbu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. - Qohira, 1994;
- ↑ Аbu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. - Qohira, 1960;
- ↑ Hujviriy. Kashf al-mahjub. - Misr, 1974. T.N .;
- ↑ Shihobuddin Suhravardiy. Аvorif al-maorif. - Bayrut, 1992; Lisoniddin
- ↑ Xatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. - Qohira, 1966; Muhammad
- ↑ Аnvar Badaxshoniy. Аkidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014.