Nurullo To‘raxo‘jayev

1873-yili tugʻilgan, Buxoro shahridan, sobiq quloq, millioner, qorakoʻlteri sotuvchisi, „Milliy

Toʻraxoʻjayev Nurullo — 1873-yili tugʻilgan, Buxoro shahridan, sobiq quloq, millioner, qorakoʻlteri sotuvchisi, „Milliy ittihod“ millatchi aksilinqilobiy tashkilotning sobiq aʼzosi, hibsga olingan vaqgda xizmatchi, jazo muddati 1937-yil 19-avgustdan hisoblangan. Isyonchi aksilinqilobiy guruh aʼzosi boʻlib, doimiy ravishda aksilinqilobiy targʻibot olib borganlikda, sovet hokimiyatiga qarshi uyushgan holatda kurashishga chaqirganlikda ayblangan.[1]

Nurullo To‘raxo‘jayev
Tavalludi 1873-yil
Fuqaroligi Buxoro amirligi
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
O‘zbekiston SSR
Kasbi Savdogar
Turmush oʻrtogʻi Saida Ubaydullayeva
Bolalari Siddiqa, Maxfira, Muslima, Sayfiddin, Munavvar

Nurullo To‘raxo‘jayev 1873-yilda Buxoroning G‘oziyon mavzeyi Abdullaxo‘ja mahallasida tug'ilgan. Nurillo To'raxo‘jayev akasi G‘aybullo To‘raxo‘jayev, Fayzulla Xo‘jayevning otasi Ubaydulla Xo‘jayev, amakilaridan Bo‘rixo‘ja, Otaxo‘ja, Jo‘raxo‘ja Latifxo‘jayevlar bilan birgalikda hamkorlik qilib, Buxoro amirligi hududlaridan chet ellarga xalqaro qorako‘l teri savdosini amalga oshirishgan. Faqatgina Nurilloxo‘ja To‘raxo‘jayev 1920-yilga qadar Moskvaga yiliga 4000 gacha qorako‘l teri olib borgan va har birini 7–9 oltin rubldan o'tkazib, 32000 rublgacha sof foyda topgan.

1920-yilda yuz bergan Buxoro inqilobidan keyin BXSR rahbari Fayzulla Xo‘jayev tavsiyasiga binoan Nurulloxo‘ja To‘raxo‘jayev o‘zining paxta mahsulotlari, qorako‘l teri va yig'ib yurgan pullarini Buxoro davlati xazinasi hisobiga o‘tkazib yuboradi. Savdo uyi ochib, uni “Quvvati jamiyat” deb nomlaydi. Yetishtirilgan qorako‘l terilari va paxta mahsulotlarini Quvvati jamiyat orqali Turkiya davlatiga Abdullabek Boltabekovga, Germaniya davlatiga vakil Aminjon Sulaymonovga yetkaza boshlaydi. 1922-yili Aminjon Sulaymonov Germaniyadan SSSRga chaqirib olingach, Germaniya bilan savdo-sotiq ishlarini Berlindagi BXSR vakili Yusufboy Muqumboyev olib boradi. Yusufboy Muqumboyev ushbu daromad orqali Germaniyada o'qiyotgan turkistonlik o'quvchilarning yashash xarajatlari, o‘qish to'lovlarini ko'taradi. 1923-yilda Nurullaxo‘ja To‘raxo‘jayev o‘z pullarini BXSR davlati puli sifatida ko‘rsatib savdo ishlarini olib borgan degan ayblov bilan so'roq qilinadi. O'sha yili sovetlar yer islohoti o'tkazish bahonasida uning 200 tanobdan ortiq xususiy yerlarini tortib oladi. Shundan so'ng N.To‘raxo‘jayev qorako‘l teri va paxta savdosini “Ravnaq” savdo jamiyati orqali olib boradi. To'raxo'jayev Afg‘onistonga 1928-yilgacha mahsulot yuborgan. Mahsulotlarni asli buxorolik bo'lgan savdo hamkorlari mirzo Zayniddin Bobojonov va Eshon Junaydulloxo‘ja Haqqoniy qabul qilib olgan. Eshon Haqqoniy bilan savdoda Nurilloxo‘ja To‘raxo‘jayev oltin, AQSh dollari, Angliya funt sterlingidan foydalangan[2]. 1932-yilda u oltin va olmos savdosida ayblanib qamoqqa olinadi, 11 oy davom etgan hibsdan keyin ozodlikka chiqadi.

Nurilloxoʻja Toʻraxoʻjayev 1937-yil 19-avgustda aksilinqilobiy tashkilot aʼzosi degan tuhmat bilan yana qamoqqa olinadi. U Fayzulla Xoʻjayevning singlisi Saida Ubaydullayevaga uylangan.

Manbalar

tahrir