Nusrat Abdullayev
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (Yanvar 2024) |
Nusrat Hamidovich Abdullayev (1933.14.7, Toshkent) — patofiziolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tibbiyot fanlari doktori (1967). Professor (1970). 1972-yildan 1-Toshkent tibbiyot instituti patologik fiziologiya kafedrasi mudiri. Immunologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1984-1987). Ilmiy ishlari ovqat hazm qilish aʼzolari, meʼda osti bezi, jigar va moddalar almashinuvi patologiyasiga bagʻishlangan. Abullayev tibbiyot institutining talabalari uchun darslik hamda bir qancha metodik qoʻllanmalar va lugʻatlar muallifi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |