Taʼsir va aks taʼsir qonuni
Taʼsir va aks taʼsir qonuni, Nyutonning uchinchi qonuni — mexanikaning asosiy qonunlaridan biri. Nyutonning taʼrifiga koʻra, taʼsirga doim teng va qarama-qarshi yoʻnalgan aks taʼsir bor, boshqacha aytganda, ikki jismning bir-biriga taʼsiri oʻzaro teng va qaramaqarshi tomonlarga yoʻnalgan. Bu taʼrifda "taʼsirga" beixtiyor asosiy oʻrin, "aks taʼsirga" esa ikkinchi darajali oʻrin ajratiladi. Shuning uchun T. va a.t.q. quyidagicha taʼriflangani maʼqul: ikki jismning bir-biriga har qanday taʼsiri oʻzaro taʼsir xarakteriga ega boʻlib, ularning bir-biriga koʻrsatayotgan taʼsir kuchlari har doim kattalik jihatdan teng va yoʻnalishi qarama-qarshidir. T. va a.t.q. kichkina oʻlchamli elementar zarralar va tezligi yorugʻlik tezligiga yaqin harakatlar uchun oʻrinli emas.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |