Oʻlaksaxoʻr qoʻngʻizlar

(O'laksaxo'r Qo'ng'izlardan yoʻnaltirildi)

Oʻlaksaxoʻr qoʻngʻizlar — qoʻngʻizlar oilasi. Uzunligi 6–40 mm. Moʻylovlari toʻgʻnogʻichsimon. Qurtlari yassi, harakatchan, zahkashlarga oʻxshash. 1500 ga yaqin turi bor. Keng tarqalgan; odatda, moʻʼtadil iqlimda yashaydi. Koʻpchiligi oʻlaksaxoʻr, baʼzan goʻng va zamburugʻlar bilan oziqlanadi, ayrim turlari oʻsimlikxoʻr yoki yirtqich. Organik qoldiqlarni oʻzlashtirishi orqali; ayrim turlari entomofag sifatida foyda keltiradi. Mas, 4 nuqtali Oʻlaksaxoʻr qoʻngʻizlar tengsiz ipak qurti, odimchilar qurtini qiradi. 5Prpa urugʻi turlari qand lavlagi va gʻalla ekinlariga ziyon keltiradi. Oʻzbekistonda bir necha turi, jumladan, goʻrkov qoʻngʻiz uchraydi.