Oʻroz Haydar — 1957-yil 8-aprelda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Navroʻz qishlogʻida tugʻilgan. ToshDUning Geografiya fakultetini tugatgan (1980) [1]. „Quyosh oʻtovi“ (1984), „Kuylovchi toshlar“ (1990), „Musiqor“, „Kizaloq va qizgʻaldoq“ (1993), „Hazilkash qish“ (1997), „Aksioma“ (2003), „Oq soya“ (2004), „Yaylovdagi oq oʻtov“ (2005), „Ruhafzo“ (2006) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Nasriy asarlari — „Xatarli xilvatgoh“ (1996), „Yovuzlik sirtmogʻi“ (1998), „En“ (2004), „Talvasa“ (2004). „Kechikmagan tazarru“ (2003) nomli dramasi ham bor.

Manbalar

tahrir
  1. Haydar, O'roz. „O'roz Haydar she'rlari“ (28-oktabr).