O'rta asr arab adabiyoti
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Oʻrta asr arab adabiyoti
Arablarning oʻrta asr adabiyotida uchta davrni ajratish mumkin:
ilk oʻrta asr adabiyoti (VII asr oxiri VIII asr ortalari);
klassik adabiyotning gullab yashnagan davri (VIII asr ortalari XII asr);
kech oʻrta asr adabiyoti (XIIIXVII asrlar)[1].
Oʻrta asr arab sheriyati saroy, madhiya xususiyatiga egaligiga qaramay, unda qabilaviy sheriy ananalar hali juda kuchli boʻlgan. Bu davrdagi nasr, xuddi qadimgi arab nasri singari, hamon ogʻzaki, „notiqlik“ xususiyatiga ega. Mumtoz arab adabiyotining gullab-yashnagan davri xalifalikning koʻp sonli xalqlari arab madaniyatini yaratish jarayonida keng ishtirok etgan davr. Bu davrga nasr va nazmning barcha janrlari ishqiy va falsafiy lirika, madhiya sheriyati, qisqa hikoyalar va shu kabilarning gullab-yashnaganligi xosdir. Nihoyat, kech oʻrta asrlardagi arab adabiyotiga saroy sheriyatining tanazzuli hamda sufiylik lirikasi, shahar hikoyanavisligi va xalq romanchiligining yuksalishi xosdir. VIII – XV asrlardagi arab-ispan (andaluziya) adabiyoti oʻrta asr arab adabiyotining alohida tarmogʻidir. Arab mumtoz adabiyotini oʻrganish arab mamlakatlarining oʻzlarida ham, sobiq Ittifoq davri va Gʻarb mamlakatlarida ham katta ananaga ega. Oʻrta asr arab olimlari (antologiyalar tuzuvchilari, sharhlovchilar va adabiyot nazariyachilari) hamda hozirgi zamon arab adabiyotshunoslari (Jorji Zaydon, Muhammad Kurd Ali, Anis al-Maqdisiy, Taxa Husayn, Shavqi Dayf, Fuad al-Bostoniy, Marun Abbud va boshqalar) arab adabiyoti tarixining ayrim masalalarini tadqiq etish uchun ham, butun adabiy jarayonning manzarasini tiklash uchun ham koʻp ishlar qildilar. Arab adabiyoti tarixini oʻrganishga rus tadqiqotchilari V. R. Rozen, I. Yu. Krachkovskiy, A. Ye. Krimskiy ham katta hissa qoshganlar. Arab adabiyoti tarixida I. Yu. Krachkovskiy oʻz kitobi, maqolasi yoki qisqa xotirasini bagʻishlamagan taniqli shoir yoki yozuvchisini topish qiyin. Afsuski, taniqli rus olimining umumlashtiruvchi xususiyatga ega boʻlgan rejalashtirgan asarini tamomlashiga koʻpgina sabablar xalal bergan. U rejalashtirgan jamoaviy asar haqida faqat uning xomaki rejasiga qarabgina xulosa chiqarishimiz mumkin. Garbiy Yevropa olimlaridan Silvestr de Sasi, Xammer, T. Neldeke, F. Vyusten feld, Ye. Levi-Provansal, A. Peres, I. Goldsier, K. Brokelmann, R. A. Nikolson, X. A. R. Gibb, R. Blasher, J. Gabrieli ham arab mumtoz adabiyotini tadqiq etish borasida koʻp mehnat qildilar. Arab, rus va Garbiy Yevropa olimlarining ishlari natijasida arabshunoslik hozirgi zamon sharqshunosligining eng rivojlangan sohalaridan biriga aylandi.
Manbalar
tahrir- ↑ mumtoz arab adabiyoti o'quv qo'llanma Ziyovuddinova M Toshkent - 2011.