Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati

Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati – haftalik ijtimoiy-adabiy gazeta. Muassislari: Oʻzbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi. 2024-yilning yanvar oyidan „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi yopildi. Uning negizida „Jadid“ nomli gazeta chop etila boshlandi[2].

Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati
Turi ijtimoiy-adabiy gazeta
Asos solingan 1956-yil 4-yanvar
Bosh muharrir Humoyun Akbarov[1]
Tili oʻzbekcha
Nashrning toʻxtatilishi 2023-yil
Bosh ofisi Toshkent shahri, Matbuotchular ko‘chasi, 32-uy
Adadi 1188

Tarixi

tahrir
 
"Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" gazetasining 1969-yil 24-iyundagi soni.

Gazetaning ilk soni 1956-yil 4-yanvarda „Oʻzbekiston madaniyati“ nomi bilan haftada ikki marta chiqqan[3]. 1981-yildan beri hozirgi nomda koʻpaytirilgan hajmda (8 bet) chop etiladi. Gazetaga Odil Yoqubov, M. Muhamedov, R.Fayziy, Vohid Zohidov, Laziz Qayumov, Asqad Muxtor, Sirojiddin Sayyid, O‘ktam Mirzayor[4], Salim Ashur kabi yozuvchi va shoirlar turli davrlarda muharrirlik qilgan. Tahririyat manzili Toshkent shahar hokimligi (R. Shoabdurahmonov) Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uyda joylashgan[5].

Manbalar

tahrir