O'zbekiston davlat filormoniyasi(Surxondaryo viloyati)

Oʻzbekiston davlat filormoniyasining Surxondaryo viloyat boʻlinmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyun PQ-3813-sonli „Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari“ toʻgʻrisidagi qaroriga asosan 2018-yil oktyabr oyida oʻz ish faoliyatini boshlagan[1]. Bugungi kunda filarmoniya Termiz shahrida Istiqlol koʻchasi 26-uyda joylashgan. Bu joyda qoʻgʻirchoq teatrining sobiq binosi joylashgan va flarmoniya xozir shu yerda faoliyat yuritmoqda[2]. Hozirda Surxondaryo viloyat boʻlinmasida 91 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Ulardan 58 nafari erkak va 33 nafari ayol hodimlar hisoblanadi. Xodimlarning 15 nafari oliy maʼlumotga ega, 63 nafar xodimlar oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlsa, 13 nafari oʻrta maʼlumotga ega. Filarmoniya xodimlari tarkibida 18 yoshdan katta va 30 yoshdan kichik boʻlganlar 39 nafarga yetgan. 30 Yosh va undan yuqori boʻlgan xodimlar soni 53 nafarni tashkil etadi. 91 nafar xodimdan 7 nafari boshqaruv, Ijodiy boshqaruv xodimlar 2 nafar, Ijodiy xodimlar 60 nafardan iborat, Mutaxasis va texnik xodimlar 23 nafarni tashkil etadi. Oʻzbekiston davlat Filarmoniyasi Surxondaryo viloyat boʻlinmasi ijodiy jamoasi asosan malakali mutaxasislardan iborat.

Filarmoniya Surxandaryo viloyat bo'limi

Surxondaryo viloyat boʻlinmasining asosiy vazifalari sifatida: — Milliy mumtoz va zamonaviy musiqa sanʼatini ilgʻor yutuqlar asosida rivojlantirish — Aholining musiqa va raqs sanʼatiga boʻlgan ehtiyojini qondirish — Musiqa va raqs sanʼati sohasidagi ijodkorlarga shart-sharoitlar yaratish — Musiqa va raqs sanʼatidagi yutuqlarni Oʻzbekistonda va xorijda targʻib qilish — Aholini madaniy hayotga jalb etish maqsadida ularning barcha qatlamlari uchun konsert tadbirlariga borish imkoniyatlarini taʼminlash — Barcha turdagi va janrdagi musiqa hamda raqs sanʼatini faol targʻib qilish, ularni radio va televidenie, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan internet tarmogʻida ommalashtirish

Manbalar tahrir