O`zbek tilining tarixiy atalishi

O‘zbek tilining tarixiy atalishi — Xalq va tilning yoshi ham u atalyotgan otning tarixi bilan o‘lchanavermaydi. Chunki muayyan til o‘z tarixi davomida bir qancha o‘zbek tili atamalarida ko‘ramiz: bu atamalarning kelib chiqish tarixi unchalik eski emas. Aslida esa o‘zbek xalqi va tilning tarixi juda eski zamonlarga ildiz otgan bo‘lib hozirgi otning qo‘llanish tarixi uning yoshini o‘zida aks ettiraolmaydi. O‘tmishda hozirgi o‘zbeklar va ularning tili bit qancha nom bilan atab kelingan. Turkiy tilning o‘tmishda keng qo‘llanilgan otlaridan biri türk ( türkčä , türk tili ) atamasidir. Bu ot buddizimning 7 - 9 yuzyilliklarga mansub “ Maytri smit nom bitig ” asarida qo‘llangan. Chunonchi , asarda Partanarakshit Karnavajiki otli kishi uni toxri ( toxar ) tilidan turk tiliga tarjima qilinganligi qayd etiladi. Bu atama keyingi asrlarda yaratilgan asarlarda ham uchraydi. Lekin turk atamasining qo‘llanish doirasi toraygan: Anatoli turklarigina o‘zining va tilining oti sifatida saqlab qoldi. Butun turkiy tullar oilasiga nisbatan esa tirkî ( türkî , türkî tillär singari ) atamasini qo‘llaymiz. Mahmud Qoshg‘ariy o‘zining “ Devonu lug‘ati - turk ” asarida qoraxoniylar davri yozma adabiy tilini “ xoqoniy turkchasi ” ( at - turkiyyatul xaqaniya ) deb atagan edi. Temuriylar davri o‘zbek yozma adabiy tilini čïyatay türkîsi ham deyilgan. [1]

  1. Qosimjon Sodiqov. Eski o`zbek yozma adabiy tili. Toshkent: Akademnashr, 2020 — 161-165 bet.