O‘

oʻzbek tili lotin alifbosining 25-harfi.

Yozilishi

tahrir

Oʻzbek tilida „oʻ“ (kirill yozuvida „ў“) va „gʻ“ (kirill yozuvida „ғ“) harflarini yozishda yoki yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul (inglizcha: modifier letter turned comma) (ʻ) (U+02BB), yoki chap yakka tirnoq (inglizcha: left single quotation mark) () (U+2018) qoʻllanadi. Qaysi belgi ishlatilishi kerakligi rasman belgilanmagan. Shunday boʻlsa-da, Unicode Consortium saytida oʻzbekcha „oʻ“ va „gʻ” harflarini yozish uchun yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul ishlatilishi kerak, deyilgan.[1]

Unicode kodi Inglizcha nomi Oʻzbekcha nomi Misol
U+02BB modifier letter turned comma yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul Oʻzbekiston
U+2018 left single quotation mark chap yakka tirnoq O‘zbekiston

Oʻzbekcha Vikipediya va boshqa baʼzi bir saytlarda aynan shu belgi ishlatiladi.[2] Aksar davlat saytlari boʻlsa chap yakka tirnoqni ishlatishadi.[3] Asosiysi, ishlatilgan belgi chiziqdan yuqorida yozilgan, teshigi boʻyalgan 6 raqamiga oʻxshashi kerak (6). Koʻp shriftlarda bu 180 gradusga aylantirilgan vergulga oʻxshaydi.

Oʻzbek tilida yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul/chap yakka tirnoq tutuq belgisi oʻrnida ishlatilmasligi kerak: tutuq belgisi kirill yozuvidagi ayirish belgisi („ъ“) oʻrnida qoʻllanadi.

Muammolar

tahrir

Oʻzbek lotin yozuvida ʻ belgisini ishlatish koʻp qiyinchiliklar tugʻdiradi. Birinchidan, yuqorida aytib oʻtilganidek, yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul yoki chap yakka tirnoq ishlatish kerakligi haqida rasmiy qoida yoʻq. Ikkinchidan, komputerlarda yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul uchun alohida klavisha yoʻq. Uchinchidan ko‘pchilik odamlar farqiga bormaydi.

Misollar

tahrir

Misol soʻzlar: gʻalati, oʻzbek; ammo maʻno, aʻlo.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
Oʻzbek lotin alifbosi

Aa | Bb | Dd | Ee | Ff | Gg | Hh | Ii | Jj | Kk | Ll | Mm | Nn | Oo | Pp | Qq | Rr | Ss | Tt | Uu | Vv | Xx | Yy | Zz | | | Sh | Ch | Ng | ʼ (tutuq belgisi)